Breaking News

Tolibonning uch yetakchisi ozod etiladi


Anas Haqqoniy Bagrom qamoqxonasida saqlanadi

Afg’oniston rahbari Ashraf G’ani 11-noyabr kuni Tolibon guruhining muhim a’zolari bo’lgan Anas Haqqoniy, Hoji Moliy va Abdul Rashidlar shartli ravishda ozod etiladi, deya bayon qildi.

G’ani deydiki, bu qaror xalqaro sheriklar bilan olib borilgan muzokaralar asosida qabul qilingan.

“Biz xalqaro sheriklarimiz ayniqsa AQSh bilan maslahatlashgan holda shunday mexanizmdan foydalandikki, bu uch kishining ozod etilishi dushman hujumlari oshirilishiga sabab bo’lmaydi”, - dedi G’ani.

Tolibon buning evaziga 2016-yilda ular tomonidan o’g’irlab ketilgan amerikalik olim Kevin King va avstraliyalik Timoti Viksni ozod etishga so’z bergan.

AQShning Kobuldagi elchisi Jon Bass qarorni olqishlagan. Bass nazarida ushbu qadam tinchlik tomon harakatdir.

AQSh elchisi Tolibon boshqa mahbuslarni, jumladan afg’onlar va G'arb harbiylarini ham ozod etadi degan umidda.

Afg’oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla AQSh elchisi bilan ushrashgach, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Anas Haqqoniy va yana ikki nafar toliblarning ozod etilishi bo’yicha to’liq suhbatlashdik”, deb yozdi.

O’zini Tolibon guruhi so’zlovchisi deb tanishtirayotgan Zabihulla Mujohid “Amerika Ovozi” bilan suhbatda yuqorida ismi qayd etilgan a'zolar hali harakat safiga qaytmadi, deya ta'kidladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, tolibonning 11 ming nafar a’zosi hukumat qamoqxonalarida saqlanmoqda.

Anas Haqqoniy - Haqqoniy tarmog’i degan harakat asoschisi Jaloliddin Haqqoniyning o’g’li.

U 2014-yili Bahraynda qo’lga olingan. Oliy sud Anas Haqqoniyni o’lim jazosiga hukm qilgan. Prezident G’ani buni ma’qullamagan.

Anas Haqqoniy hozirgi kunda Bagrom qamoqxonasida saqlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG