Breaking News

London va Gaagada qonli hujumlar, o'lganlar bor


London, 29-noyabr, 2019
London, 29-noyabr, 2019

Britaniya mutasaddilariga ko'ra, London ko'prigida terrorchi otib o'ldirilgan.

Jinoyatchi qalbaki portlovchi jilet kiyib olgan edi, deydi rasmiylar. Bir necha odam pichoqlangan. Ikki nafari jarohatlardan o'lgan. Atrofdagi odamlar hujumchini yerga yotqizib sovuq qurolini olishgan.

London vaqti bilan 14:00 atrofida yuz bergan voqea joyiga politsiya zudlik bilan yetib kelgan va "jinoyatchini yo'q qilgan".

London meri Sodiq Xon jinoyatchiga qarshi kurashgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.

Bosh vazir Boris Jonson ham xalqqa murojaat qilib, favqulodda xizmatchilarga rahmat aytgan.

Gaaga, 29-noyabr, 2019
Gaaga, 29-noyabr, 2019

Sal o'tmay Gollandiyada ham shunga o'xhash hujum yuz bergan. Gaagada bir shaxs ko'chada odamlarga pichoq bilan tashlangan. Qattiq jarohat olganlar bor.

Xurujlar bir-biriga qanchalik bog'liq, noma'lum. Har ikki shaharda tekshiruv ketmoqda.

Har ikki holda pichoq ko'targanlar erkak bo'lgan. Lekin ularning kim va qayerdan ekani hozircha aytilmagan.

Qishki bayramlar mavsumi yaqinlashib savdo markazlari va jamoat joylari gavjumlashar ekan, xavfsizlik bo'yicha mutasaddilar odamlarni ogoh bo'lishga undaydi.

Bugun London va Gaagadai hujumlar ham bu shaharlarning aynan tirband qismlarida ro'y bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG