Namangan viloyatida inson huquqlari himoyasi bilan mashg'ul Zohidjon Zokirov Toshkentda O'zbekiston hukumati bilan uchrashuvda paxta terimida kuzatilgan majburiy mehnat hollarini muhokama qildi. Saylov yaqinlashmoqda. Lekin bu faolga ko'ra, uning viloyatida targ'ibot va fuqaro bilan muloqot sust.
Jizzax viloyatida huquq himoyasi bilan mashg'ul O'ktam Pardayev Toshkentda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan bu yilgi paxta terimida kuzatilgan muammolarni muhokama qilar ekan, "Amerika Ovozi" nafaqat bu mavzu bilan qiziqdi, balki 22-dekabrgi saylovga munosabat haqida ham so'radi.
"Olmaliq haqiqati" gazetasi bosh muharriri, Telegramda "Olmaliq hayoti" kanali yurituvchisi Dilfuza Ro'ziyeva bugungi vaziyatni izohlar ekan, o'zi guvoh bo'layotgan og'ir masalalarga urg'u berib, adolatsizlik hollari hamon ko'p kuzatiladi va oshkoralik yetishmaydi, deydi.
Toshkent, 15-dekabr, 2019: Oliy Majlis, viloyat va tuman kengashlariga o'z nomzodlari saylanishidan umidvor besh partiya vakillari saylovoldi bahsiga yig'ildi. "Amerika Ovozi" ulardan manfaatlar to'qnashuvi haqida so'radi. Jurnalist va bloger orasidagi farq ham muhokamada bo'ldi.
Facebook Forum