Breaking News

Afg’onistonda saylov natijasiga doir siyosiy tortishuvlar avj olmoqda


General Abdurashid Do'stum Shibirg'on shahrida so'zlamoqda. Afg'oniston, 20-fevral, 2020.

Afg’onistonda prezident saylovining yakuniy natijalari e’lon qilingach, qayta saylangan prezident Muhammad Ashraf G’anining asosiy raqibi Abdulla Abdulla mag’lubiyatini tan olmagan. Uning nazdida, saylov haqqoniy o’tmagan. Abdulla “barcha qatlamlarni o’z ichiga olgan” boshqa hukumat tashkil qilishi haqida ogohlantirgan.

Abdulla Abdullani qo’llab-quvvatlayotgan “Milliy Junbish” partiyasi rahbari general Abdul Rashid Do’stum Shibirg’on shahrida minglab tarafdorlari orasida so’zlar ekan, tashkil qilinishi kutilayotgan yangi hukumatni dastaklashini bildirgan. Abdullaning “g’alaba”sining barcha viloyatlarda nishonlashini ta’kidlagan.

Genral Do’stum Mustaqil saylov komissiyasi Ashraf G’ani bosimi va farmoyishi asosida natijalarni soxtalashtirganini iddao qilmoqda.

Shibirg'onda General Abdurashid Do'stum bilan uchrashuv. Afg'oniston, 20-fevral, 2020.
Shibirg'onda General Abdurashid Do'stum bilan uchrashuv. Afg'oniston, 20-fevral, 2020.

Ayni damda bir necha viloyatlarda Abdulla Abdullani qo’llab-quvvatlashga qaratilgan yig’ilishlar o’tkazilmoqda.

Afg’onistonga qo’shni davlatlar saylov natijalariga doir hech qanday munosabat bildirgani yo’q. Bu orada Pokiston, Hindiston va Yevropa Ittifoqi yangi hukumat bilan yaqindan ishlashi haqida boyonot bergan.

Bayonotdan Abdulla Abdulla g’azabda.

Siyosiy tahlilchi Asadulla Valvolijiy vaziyat juda qaltis ekaniga ishora qiladi.

“Inqiroz yuz bermagani yaxshi. Chunki vaziyatning og’irlashishi hech kimning foydasiga hal bo’lmaydi”, - deydi Valvolijiy.

Suhbatdoshning ta’kidlashicha, vujudga kelgan muammoga, AQSh, Yevropa ittifoqi, BMT va Xalqaro hamjamiyat vositachilik qilishi kerak.

“Mutaxassis vositachilar aralashsa, albatta yechim yo’llari topiladi”- deydi Asadulla Valvolijiy.

Abdulla Abdulla yangi hukumat tashkil qilish haqida ogohlantirar ekan, tahlilchi nazarida, ayrim davlatlar u tashkil qiladigan hukumatni tan olishi mumkin.

Bu orada prezidentlikka nomzodlar barcha tomonlar ishtirokida yangi hukumat tuzilishi yoki e’lon qilingan natijalarning bekor qilinishi lozimligini ta’kidlmoqda.

“Bu saylov ittifoqsizlik, beqarorlik va vaziyatning yomonlashishiga sabab bo’ldi”, - deydi prezidentlikka nomzodlardan Ahmad Valiy Mas’ud.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG