Breaking News

AQSh moda olamida eski kiyim-kechaklarga e'tibor oshgan


Nyu-York moda haftaligida
Nyu-York moda haftaligida

Nyu-yorkliklar har yili chiqindiga tashlovchi kiyimlarni yig’sangiz, osmono’par bino hosil bo’ladi. Lekin dizaynerlar eski kiyimlardan yangi liboslar yaratish yo’lini topgan. Nyu-York shahrida o’tgan moda haftaligida ular shuni namoyish qildi.

Bu kishilar deyarli har qanday eski kiyim – urfdan qolgan shimdan tortib, odmi ko’ylak, ishdan chiqqan sumka, hattoki avtomobil shinasiga ham yangi hayot taqdim etishni biladi.

“Bo’ynimdagi taqinchoq shinadan tayyorlangan, ushlab ko’rishingiz mumkin!” - deydi dizayner Nataliya Mashado.

Ozgina istak va bir oz yaratuvchanlik bilan har qanday garderobni bezash mumkin.

“Bu aslida eski do’kondan olingan ko’rpa edi. Sotib olib, uyda o’zimda mavjud kiyimlar bilan chatib, yangi kiyim tikdim. Shuningdek, mana bu kovboy shimni yaratdim. 29-68 uyimning manzili, brendimni shu yerda boshlaganman”, - deydi yosh dizayner Jastin Rayner.

Bu loyiha Nyu-York shahri Sanitariya departamenti va mahalliy dizaynerlarning qo’shma tashabbusi. Asosiy maqsad – isrof qilmaslikni boshqalarga o’rgatish va qo’lda bor narsalardan oqilona foydalanish.

“Kiyim-kechak chiqindisini kamaytirish maqsadida moda sanoati va yosh dizaynerlarni birlashtirishga urinyapmiz”, - deydi Nyu-York Sanitariya departamenti rahbari Ketrin Garsiya.

Moda: Eski kiyimlarga yangi hayot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

“Balans” nashriga ko’ra, odamlar har yili 60 foiz ko’proq kiyim sotib olmoqda va ularni kiyish muddati 15 yil avvalgiga qaraganda ikki barobar kam. Xayriya tashkilotlari va ikkinchi qo’l do’konlar ularning barchasini qabul qila olmaydi; katta qismi tashlab yuboriladi.

Nyu-York yaqinidagi mana bu korxona paxta matoli eski kiyimlardan yangi material yaratadi. Tugma, bog’ich, sintetik matoli qismlari olib tashlanadi. Maxsus erituvchi modda matoni yupqalashtiradi, aylanma mashina esa materialni yangi tolaga aylantiradi.

“Bu tola 100 foiz ishlatilgan paxta matosidan tayyorlangan. Eski futbolka, paypoq, qiymati qolmagan kiyimlar! Ularni suyuqlikka solib, yangi tola hosil qlamiz. Bu tolani ipga aylantiramiz va tekstil mahsulotlari tayyorlaymiz”, - deydi “Evernu” tashkiloti asosochisi Steysi Flin.

“Stella Makkartni”, “Adidas”, “Levi’s” kabi katta brendlar ham yangi kolleksiyalari uchun qayta ishlangan tolalardan foydalanmoqda. Kichikroq brendlar ham shu yo’ldan bormoqda.

Nyu-York moda haftaligida
Nyu-York moda haftaligida

“Bu yerdagi barcha narsalar plastik idishlar, shina kabi ishlatilgan buyumlardan tayyorlangan”, - deydi dizayner Natalya Mashado.

Eski kiyim olishning ijobiy tomonlari ko’p, deydi Izabel Varela. U ilgari xarid qilishga mukkasidan ketib, qarzga botgan edi. Buning zararini anglab yetishi bilan ishlatilgan narsalarni sotib olishni boshladi.

“Kiyim-kechak bilan sog’lom munosabat bu. Kiyim-kechak zarurat, unga ehtiyojimiz bor. Ikkinchi qo’l do’konga boring, boshqalar bilan ayriboshlang, o’z garderobingizdan qidiring”, - deydi Varela.

Kiyimlarni qayta yaratish, tikish-bichish – moda olamidagi oxirgi urf. Ba’zi kiyimlar chiqindi poligoniga ketishi kerakdir, lekin aksariyatiga “ikkinchi hayot” ato etsa bo’ladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG