Breaking News

Pompeo: Xitoy va Eron dunyo ahlini aldadi


AQSh Davlat departamenti, Vashington, 17-mart, 2020

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning tasdiqlashicha, uning vazirligida bir necha xodim, jumladan diplomatlar koronavirusni yuqtirgan. Ularning qayerda ekanini aytmagan Pompeo muolaja olishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, deydi.

Amerika xorijdagi fuqarolariga elchixona va konsulliklar orqali xizmat qilishda davom etmoqda, faoliyatda uzilish yo'q, deydi tashqi ishlar vaziri.

"Virus keng tarqalgan ikki davlat - Xitoy va Eron - infeksiya ko'lamini yashirdi va dunyo ahliga ataylab noto'g'ri informatsiya berdi... Xitoy haqiqatni yopishga urindi, Eron esa haliyam mas'uliyatni o'z zimmasiga olishdan qochmoqda," deydi Pompeo.

Har ikkisi, deydi AQSh bosh diplomati, "vijdonsizlarcha Amerikani koronavirus tarqalishida ayblab, tuhmat va uydirmalar yog'dirdi".

Lekin, Pompeo fikricha, Pekin ham, Tehron ham buni uddalay olmagan.

Dunyo bo'ylab hozir 200 mingga yaqin odam koronavirusga chalingan. 80 mingdan ziyodi Xitoyda, 31 mingdan oshig'i Italiyada, 17 mingga yaqini esa Eronda. 8000 ga yaqin kishi vafot etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG