Breaking News

Rossiya, Kuba va Saudiya Arabistoni BMT Inson huquqlari kengashiga kirmoqchi, qarshilik kuchli


Jenevada asoslangan BMT Inson huquqlari kengashi

Inson huquqlari tashkilotlari nazarida, Rossiya, Kuba va Saudiya Arabistoni BMT Inson huquqlari kengashiga kirishga aslo munosib emas. 47 davlat a'zo bu organda inson va uning erkinligini e'zozlashda namuna bo'la oladigan mamlakatlarga joy berilishi kerak, deydi huquq himoyachilari.

BMT Bosh Assambleyasi shu yilning oktabr oyida kengashga 15 davlatni tanlaydi. Jenevada asoslangan organ dunyo bo'ylab inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat haqida BMTga ishonchli ma'lumot va hisobot berib turishi kerak.

Biroq, deya bong urmoqda U.N. Watch (BMT faoliyatini kuzatuvchi guruh) Rossiya, Kuba va Saudiya Arabistoni singari davlatlar huquqbuzarligi, o'z qonunlari va xalqaro qonunlarni poymol etib tanilgan. Repressiv, avtoritar rejimlar qanday qilib jahonda huquqni targ'ib qilishi mumkin?

Hillel Neuer bu guruhni boshqaradi va uning qayd etishicha, BMT Inson huquqlari kengashiga kirishni ko'zlayotgan birorta davlatda huquq ta'minlanmagan.

“Biz kengash har jihatdan a'lo bo'lsin, demayapmiz. Har bir davlatda muammo bor. Lekin huquq eng qo'pol tarzda va sistematik ravishda buzuladigan davlatlarga bu kengashdan o'rin berilmasligi kerak. Chunki bu uning maqsad va vazifalariga ziddir”, - deydi Neuer.

Saudiya Arabistoni inson huquqlari eng qo'pol ravishda buzuladigan davlatlardan biri
Saudiya Arabistoni inson huquqlari eng qo'pol ravishda buzuladigan davlatlardan biri

2006-yilda qabul qilingan rezolyutsiya kengashga inson huquqlarini har tomonlama targ'ib qilish funksiyasini yuklaydi. A'zolar bu borada ilg'or davlatlar bo'lishi va agar bu jamiyatlarda huquqbuzarlik keng ko'lamda kuzatilsa, ular kengashdan chiqarilishi mumkin. Masalan, 2010-yilda Liviya haydalgan.

Neuer deydiki, kengash huquqni himoya qiluvchi emas, huquqbuzar davlatlar jamoasiga aylanib bormoqda. Hozirgi a'zolarning yarmi na demokratik va na uzviy huquqlar ta'minlangan tuzumlar.

“Natijada, kengash o'z ishini bajarmayapti. Xitoy, Kuba, Saudiya Arabistoni va Turkiyada ahvol qanchalik og'ir bo'lmasin, kengashda sukunat".

Rossiyada huquq va adolat darajasi juda past, deydi faollar
Rossiyada huquq va adolat darajasi juda past, deydi faollar

Kengash matbuot kotibi Rupert Kolvillga ko'ra, organga hech bir davlat osongina kira olmaydi. Har bir da'vogar imtihon va tekshiruvdan o'tadi.

“Da'vogarlarni ko'rib chiqish aslida ularni o'zgarishlar qilishga majburlaydi. Bu davlatlarga e'tibor oshadi, u yerdagi muammolar muhokama qilinadi va hukumatlar og'ir savollarga javob berishga, xalqaro hamjamiyat oldida hisobot berishga majbur bo'ladi", - deydi Kolvill.

Bosh Assambleya talabiga javob bera olmagan davlatlar kengashga kiritilmagan hollar ko'p, deydi rasmiy.

Biroq Rossiya, Kuba va Saudiya Arabistoni kengashga a'zo bo'lish uchun diplomatik harakatlarni kuchaytirgan. A'zolik ular uchun davlat nufuzini oshirish va xalqaro sahnada yana bir o'ringa va ovozga ega bo'lish demakdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG