Breaking News

Pompeo: AQSh gumanitar yordami bu yil 6,5 milliard dollarga yetadi


AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum insonparvarlik yordamini topshirmoqda, Toshkent, 6-may, 2020

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi suv toshqinlaridan aziyat chekkan aholiga yordam yetkazar ekan, Davlat kotibi Mayk Pompeo bugun quyidagi e'lon bilan chiqdi: dunyo bo'ylab koronavirusga qarshi kurash uchun Vashington yana 128 million dollar ajratmoqda.

Pandemiyadan aziyat chekayotgan mamlakatlarga madad ko'lami bu bilan qariyb 1 milliard dollarga yaqinlashdi. Pompeoning tasdiqlashicha, ko'mak 120 dan ziyod davlatga yetib borgan va bormoqda, xususan Markaziy Osiyo respublikalariga. So'nggi ajratilayotgan mablag' salomatlik, virusdan saqlanish va muolaja uchun sarflanadi.

Amerika insonparvarlik yordami uchun bu yil 6,5 milliard dollar xarajat qilmoqda. Va bu, deydi Pompeo, global maydonda ko'rsatilgan gumanitar madadning deyarli 60 foizidir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG