Breaking News

O’zbekiston XX asr boshlarida rangli suratlarda

Tarixiy rasmlarni oq-qora rangda ko’rishga o’rganib qolganmiz. Lekin rangli fotosuratlarni yaratishga urinish XIX asrning ikkinchi yarmidayoq boshlangan.

Rangli fotografiyaning ilk mashhur vakillaridan biri rus suratkashi Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiydir. XX asr boshlarida u oʻzining birinchi rangli fotolavhalarini namoyish qilgan. Gorskiy asrning boshlarida Markaziy Osiyoga safar qilib, tarixiy-madaniy obidalarni, aholining milliy liboslari va turmush tarzini plastinkalarga muhrlaydi.

1917-yil voqealaridan so’ng Prokudin-Gorskiy Rossiyadan qochib, Parijda qo’nim topadi. 1941-yilda vafot etgandan so’ng AQSh kongressi milliy kutubxonasi uning yaqinlaridan jami 1902 ta, shu jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzini aks ettiruvchi 200 dona suratni sotib oladi.


Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG