Breaking News

AQSh: Eron yadro qurolini qo'lga kiritishiga yo'l qo'ymaymiz


AQSh Prezidenti Donald Tramp

AQSh hukumati siyosatini aks ettiruvchi rasmiy maqola

Prezident Donald Trampga ko’ra, dunyoda terrorizmning yetakchi davlat homiysi bo’lgan Eron yadro qurolini qo’lga kiritishiga imkon berilmaydi.

“Toki AQSh prezidenti ekanman, Eron yadro quroliga ega bo’lishiga hech qachon yo’l qo’yilmaydi”, - deydi Tramp.

O’tgan ikki yil ichida AQSh Eron rejimining yadro faoliyati kengayishini to’xtatish uchun maksimum darajada bosim o’tkazish kampaniyasini qo’lladi. Davlat kotibi Mayk Pompeo yaqinda shu masalada yangi qadamlarni e’lon qildi.

Avvalo, Eronning uchta yardo loyihasiga sanksiyalar qo’llamaslik haqidagi istisno bekor qilinadi. Bu loyihalarga aloqador tomonlar o’z ishtirokini to’xtatishi uchun 60 kun muhlat beriladi.

Sanksiya qayta tiklanayotgan yo’nalishlar Arak reaktor zavodi, Tehron tadqiqot reaktoriga to’yintirilgan uran yetkazib berish hamda Eronning ishlatilgan reaktor yoqilg’isini eksport qilish loyihalarini o’z ichiga oladi.

2015-yil yil tuzilgan Eron yadro kelishuvi asosida ishlab kelgan bu loyihalar 2018-yil AQSh bu kelishuvdan chiqqandan keyin ham sanksiyalar tahdidisiz faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ikkinchidan, AQSh Eronning yadro loyihalariga aloqador ikki rasmiysiga sanksiyalar e’lon qildi: bular Amjad Sazgar va Majid Ag’aiy.

Uchinchidan, ijro farmoni asosida AQSh Eron Islom respublikasining IRISL logistika kompaniyasiga ham sanksiya qo’lladi.

Davlat kotibi Pompeoning bayonotida aytilishicha, “IRISL Eronning ballistik raketa va harbiy dasturlariga aloqador jihozlarni muntazam tashigan va yadro ta’minotchilari nazoratidagi mahsulotlarni tashish bilan ham shug’ullangan”.

IRISL bilan hamkorlik qiluvchilar ham jazoga tortilishi mumkin.

Eron bo’yicha AQSh maxsus vakili Brayn Hukning aytishicha, Eron rejimi o’z yadro dasturlari orqali xalqaro hamjamiyatga tahdid solishda davom etmoqda. Eronga yadro quroliga eltuvchi barcha yo’llarni to’samiz, deydi u.

Siz AQSh hukumati siyosatini aks ettiruvchi rasmiy maqolani o’qidingiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG