Breaking News

"Islomiy davlat" ayollarining taqdiri nima bo'ldi?


"Islomiy davlat" jangarilarining ayollari va farzandlari Al-Hol lagerida. Suriya, 14-yanvar, 2020.
"Islomiy davlat" jangarilarining ayollari va farzandlari Al-Hol lagerida. Suriya, 14-yanvar, 2020.

“Islomiy davlat” ustidan to’liq g’alabaga erishishga jiddiy to’siq bo’layotgan omillardan biri unga a’zo bo’lgan ayollarni javobgarlikka tortish muammolari bilan bog’liq.

BMTning Aksilterror qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, juda ko’p mamlakatlar “Islomiy davlat”ga aloqador ayol fuqarolarini vatanga qaytarishdan bosh tortgan. Natijada, fojiali jinoyatlarga sherik bo’lgan ko’plab ayollarga hech qanday chora ko’rilmagan.

“Iroq va Suriyadan o’z vataniga eng kam miqdorda qaytgan demografik qatlam ayollardir”, deb yoziladi qo’mitaning BMTga a’zo 80 mamlakat tahlil qilingan hisobotida.

Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Al-Hol lageri. 1-aprel, 2019.
Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Al-Hol lageri. 1-aprel, 2019.

Hujjatda ta’kidlanishicha, sud tizimida jinoyatni aniqlash va tergovga tortishning ayollarga tegishli yo’nalishi bo’yicha maxsus treninglarga ehtiyoj sezilmoqda.

Ayni damda “Islomiy davlat”ga a’zo bo’lgan qancha ayol javobgarlikka tortilgani yoki ularning qanchasiga ayblov e’lon qilish lozimligi haqida aniq ma’lumot yo’q.

Shuningdek, hisobotda ta’kidlanishicha, o’z vataniga qaytgan ayollar taqdiri haqida ham aniq axborot olishning imkoni yo’q.

O’zini xalifalik deb e’lon qilgan harakatga qo’shilish uchun mamlakatdan chiqib ketgan fuqarolarini ko’plab G’arb mamlakatlari qayta qabul qilmay keladi.

Britaniya, Germaniya, Daniya, Avstraliya va Indoneziya ana shunday shaxslar fuqaroligini bekor qilgan.

Al-Hol lagerida eski kiyim-kechaklardan keragini saralab olayotgan ayollar. 14-yanvar, 2020.
Al-Hol lagerida eski kiyim-kechaklardan keragini saralab olayotgan ayollar. 14-yanvar, 2020.

Londonda radikalizatsiya jarayonlarini o’rganadigan xalqaro markaz taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, 2019-yilning iyul oyigacha “Islomiy davlat”ning sobiq a’zosi bo’lgan jami 609 nafar ayol o’z vataniga qaytgan.

Ayni damda Suriyaning shimoli-sharqidagi Al-Hol lageriga o’xshash joylarda “xalifalik”ka aloqador 18 mingga yaqin ayol yashamoqda. Ular orasida o’z fuqaroligidan voz kechgan 2 ming ayol ham bor.

Vashington rasmiylari va AQSh dastaklayotgan Suriya Demokratik kuchlarining hukumatlarga ana shu ayol fuqarolarini vatanga qaytarish to’g’risidagi chaqiriqlari aksariyat hollarda inkor etilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG