Odamlar qurbonlik uchun qoʼy olishga shoshilmoqda. Tojikistonda qurbonlikka mayda mol, yaʼni qoʼy soʼyish odat tusiga kirgan. Bu yil qurbonlik qiladiganlar soni kam boʼlishi taxmin qilingan edi. Аmmo bozordagi holat, aksincha, sotuvchi, xaridor va qoʼy-echkilar koʼpligidan oyoq qoʼyishga joy topilmadi.
Qurbon hayiti arafasida Tojikistonda mol bozori
- Amerika Ovozi
Tojikistonning Xoʼjand shahridan 20 chaqirim masofada joylashgan Choruqdarron shaharchasida har haftaning chorshanba kuni mol bozori boʼladi. 29-iyul kuni – Qurbon hayiti arafasida bozor har doimgidan ham gavjum boʼldi.
Facebook Forum