Breaking News

Rossiyada minglab o'zbekistonliklar vataniga qaytishga urinmoqda


O'zbekistonga qaytishga urinayotgan muhojirlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:33 0:00

Qish yaqinlashar ekan,m xalqaro huquq tashkilotlari va huquq himoyachilari O’zbekiston hukumatini Rossiya dalalarida chodirlarda tunayotgan mehnat muhojirlarini zudlik bilan mamlakatga qaytarishga chaqirmoqda.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 21-sentabr kuni 5 mingdan oshiq fuqaro O’zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berdi.

O’zbekistonliklarning bir qismi turli davlatlardan charter reyslar orqali olib kelingan, yana bir qismi Rossiyadan poyezdlarda qaytarilgan. Poyezdda qaytganlarning aksariyati Samara yaqinida tikilgan lagerlarda tunayotgan o’zbekistonliklar bo'lgan.

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada, xususan, Rossiya dalalarida tikilgan chodirlarda yana qancha o’zbekistonlik vatanga qaytish uchun navbat kutayotganini aniqlashtirmadi, ammo odamlarning bir joyda to’p bo’lib yashashi kasallik tarqashiga xizmat qilishini eslatib o’tdi.

Huquq himoyachilari vatanga qaytish imkoniyatini Rossiya dalalarida tikilgan chodirlarda, yoki haftalab vokzal binolarida kutayotgan o’zbekistonlik muhojirlar soni 7 mingga yaqin, deb baholamoqda.

"Human Rights Watch" tashkiloti tadqiqotchisi Rossiyaning Samara viloyatidagi 900 kishilik lagerda 4 mingdan oshiq o’zbekistonlik bir necha haftadan buyon uyga qaytish imkoniyatini kutib yashayotgani, ular orasida 40 dan oshiq yosh bolalar borligi, haftasiga bir marta qatnayotgan poyezd bir oy davomida ham muhojirlarni tashib ulgurmasligi haqida yozdi.

O’zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, O’zbekiston hukumati qish boshlanguncha mehnat muhojirlarini uyga qaytarishga ulgurmas ekan, ochiq dalada sovuqda qolgan muhojirlarning taqdiri ayanchli tugashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG