Breaking News

Jeenbekov: Tinchlik-barqarorlik birinchi o'rinda


Parlament saylovlaridan bir kun o'tib, Qirg'iziston rahbariyatining idorasi norozi fuqarolar tomonidan vayron qilingan

Qirg'iziston poytaxti notinch. Norozi fuqarolar 5-oktabr kuni davlat rahbarining idorasi joylashgan yirik majmuaga bostirib kirib, uning katta qismini vayron qilgan. Shuningdek, Bishkekning boshqa bir joyida sobiq prezident Almazbek Atambayev va sobiq deputat Sadir Japarov namoyishchilar tomonidan panjara ortidan ozod etilgan.

Xavfsizlik kuchlari kecha shahar markazida yig'ilgan odamlarni tarqatib yuborish uchun ko'zni yoshlantiruvchi gaz qo'llagan. To'polonlarda o'nlab odamlar jarohatlangan.

6-oktabr kuni Prezident Sooronboy Jeenbekov noma'lum maskandan turib, xalqqa murojaat qilib, vaziyat nazorat ostida ekanini aytgan.

Namoyishchilar, muxolifatchilar, saylov natijalaridan norozi va ularning bekor qilinishini talab qilmoqda.

Prezident deydiki, qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladi. 4-oktabrda o'tgan parlament saylovlari yuzasidan shikoyatlar birma-bir ko'rib chiqiladi, deydi Jeenbekov. U Markaziy saylov komissiyasiga, zarur bo'lsa, ya'ni bu organ jarayon adolatsiz o'tgan deya xulosa qilsa, natijani bekor qilishni taklif qilgan.

Saylovda hukumatga yaqin partiyalar eng ko'p ovoz olgan. Jami 16 partiya ishtirok etgan.

Prezident Jeenbekov ularning liderlarini muzokaraga chaqirgan. Tinchlik va barqarorlikni ta'minlash - asosiy maqsad, deya eslatmoqda davlat rahbari.

Prezident ichki ishlar va xavfsizlik kuchlariga o't ochmaslik, qon to'kmaslik va biror fuqaroga biror jihatdan ziyon yetkasmaslikni buyurgan.

"Saylov natijasini bahona qilib, ayrim siyosiy kuchlar xalqning xotirjamligini va jamoat tartibini qo'pol tarzda buzdi",- deydi Jeenbekov.

"Ular huquq-tartibot organlariga hujum qilishgan, tibbiy xodimlarni kaltaklashgan va davlat imoratlariga qattiq zarar yetkazishgan".

Prezident ichki ishlar va xavfsizlik kuchlariga o't ochmaslik, qon to'kmaslik va biror fuqaroga biror jihatdan ziyon yetkasmaslikni buyurgan.

"Biz vaziyat izdan chiqib ketmasligi uchun nimaiki chora ko'ra olsak, qilayapmiz", - deydi Jeenbekov video murojaatida.

"Davlat tinchligi va jamiyat barqarorligi har qanday deputat mandatidan ustun".

Bishkek markazida bugun yana mitinglar o'tmoqda, shuningdek, boshqa hududlada ham odamlar to'planayotgani ma'lum, xususan janubiy shahar O'shda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG