Breaking News

Musulmon mamlakatlarda Fransiyaga qarshi namoyishlar o'tkazilmoqda


Bangladeshda bo'lib o'tgan namoyish

Fransiya hukumati islom dinini tahqirlovchi suratlarni so’z erkinligi deya himoya qilishi ortidan dunyo bo’ylab musulmon mamlakatlarda Fransiyaga qarshi nozorilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda.

Isroilning Tel Aviv shahridagi Fransiya elchixonasi oldida hamda Falastinning G’azo shahrida o’nlab odamlar yig’ilib, o’z noroziligini bildirdi.

Isroildagi namoyishchilar “Yetakchisi Muhammad alayhissalom bo’lgan millat tiz cho’kmaydi” kabi shiorlarni ko’tarib chiqdi.

G’azoda esa “Xamas” tarafdorlari Fransuz madaniyat markazi yonida to’planib, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron rasmlariga o’t qo’ydi.

“Maqsadimiz payg’ambarga sadoqatimizni namoyish etish. Fransiya prezidenti va boshqalar mas’uliyatsiz gap-so’zlari bilan hurmatga loyiqligini yo’qotdi. Unga rahmat aytamiz, chunki uni deb payg’ambarga bo’lgan muhabbat atrofida yuraklarimiz birlashdi”, - dedi namoyish tashkilotchlaridan biri Mashhur Mahajna.

Pokistonning bir qator shaharlarida ham musulmon tashkilotlari Fransiyaga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirdi.

Namoyishchilar Prezident Emmanuel Makronni qoralovchi shiorlarni aytib, uning portretlariga o’t qo’ydi.

“Ushbu namoyish payg’ambar karikaturasini himoya qilgan Fransiyaga qarshi tashkil etildi. Ular bir yarim milliard musulmonning hissiyoti bilan o’ynashganini butun dunyo bilib qo’ysin”, - deydi “Tahafuz Islom Pokiston” tashkiloti mahalliy yetakchisi Muhammad Qosim Jaloliy.

Bangladeshda ham 10 mingdan ortiq odam ko’chalarga chiqib, Fransiyaga hukumatiga qarshi o’z noroziligini izhor qildi.

Namoyishchilar “Butun dunyo musulmonlari, birlashingiz”, “Fransiyani boykot qiling” kabi shiorlarni ko’tarib chiqdi.

Ular, shuningdek, Makron tasviri aks etgan suratni ko’tarib, uning bo’yniga oyoq kiyimlarni ilib qo’ydi.

Makron o’tgan hafta qilgan nutqida Islom dini payg’ambarini tahqirlovchi suratlarni himoya qilgani uchun musulmon dunyosining keskin noroziligiga sabab bo’ldi.

Xalqaro hayot - 2020-yil, 27-oktabr
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00

16-oktabr kuni payg’ambar karikaturasini o’quvchilarga ko’rsatgan maktab o’qituvchisi Parij yaqinida qatl qilingan edi. Bu ishni 18 yoshli chechen millatiga mansub shaxs amalga oshirgani aytilmoqda. Qotillikni amalga oshirgani aytilgan shaxs keyinroq politsiya tomonidan otib tashlangan.

Sekulyar qadriyatlarni keskin himoya qilishi bilan tanilgan Fransiya diniy satirani ham so’z erkinligining bir ko’rinishi deb hisoblaydi. Bu esa musulmonlarning keskin e’tiroziga sabab bo’lmoqda. Ularga ko’ra, payg’ambarni haqorat qilish diniy his-tuyg’ularni tahqirlovchi og’ir jinoyat bo’lib, bunga so’z erkinligi huquqi asosida ruxsat berib bo’lmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG