Breaking News

Amerikada park va rekreativ majmualar


Amerikada kishilarning hordiq chiqarishi uchun park va rekreativ majmualarni doimiy tarzda obodonlashtirib borilishiga alohida e’tibor beriladi.

Dunyoning eng rivojlangan shaharlaridan biri boʼlmish birgina Vashingtonning 21 foiz hududi parklardan iborat. Lekin bu ko’rsatkich, albatta, shahariga qarab farq qiladi.

Poytaxt aholisining 98 foizi yashash joyidan oʼrtacha 10 daqiqalik masofada turli katta-kichik istirohat bog’lariga ega.

AQShda o’rta hisobda har 2181 kishiga bir park yoki bolalar o’yingohi yohud sport maydoni to’g’ri keladi. Poytaxt Vashingtonda esa bu ko’rsatkich har 1000 kishini ko’rsatadi.

Amerikada kishilarning hordiq chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida alohida Park va rekreativ departamenti ham tashkil etilgan. Uning vazifasiga park, sport maydonlari, bolalar o’yingohlarini obodonlashtirish, muntazam rekreativ mashg’ulotlar tashkillashtirish ishlari kiradi. Departament mamlakat bo’ylab ko’plab bo’limlariga ega. Bir bo’limning o’zi yuzlab istirohat bog’lari, sport majmualari, rekreativ markazlarni o’z ichiga oladi. Birgina Vashington bo’limi tarkibida jami 365 ta turli katta-kichik parklar, sport va rekreativ markazlar mavjud. Mazkur departament turli guruh va yoshdagi kishilar uchun yuzlab madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkillashtiradi. Idora mamlakat bo’ylab park va o’yingohlarni obodonlashtirish, muntazam sport va rekreativ mashg’ulotlar, tadbirlar uyushtirish uchun har yili milliardlab dollar sarflaydi. Bu mablag’ning katta qismi davlat byudjetidan keladi.

Parklar kishilarning nafaqat jismoniy faol hayot kechirishi, balki ruhiy-ma’naviy ozuqa olishiga ham yordam beradi. Ochiqroq aytganda, istirohat bog’lari kishilarning ijtimoiy hayotida muhum ahamiyat kasb etadi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG