Breaking News

AQSh Kongressi: Qarshi-Xonobod bazasida zobitlar saratonga chalingan


Demokrat kongressmen Stiven Linch

AQSh Kongressining Vakillar palatasi anchadan beri O'zbekistondagi sobiq havo bazasi yuzasidan tekshiruv olib borayotgan edi. Bugunga kelib, xulosalar muhokamada.

Palataning Davlat xavfsizligi bo'yicha quyi qo'mitasi raisi, demokrat, Stiven Linch 18-noyabr kuni o'tgan tinglovda hukumatni Qarshi-Xonobod, inglizchada K2 deya tanilgan harbiy inshootdagi va uning tevaragidagi muhitga befarq bo'lganlikda va u yerda xizmat qilgan harbiylar salomatligiga qaramaganlikda aybladi.

AQShning Qarshi-Xonobod havo bazasi, Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston, 2004
AQShning Qarshi-Xonobod havo bazasi, Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston, 2004

2001-2005 yillarda ishlatilgan bazaga AQShning qariyb 16 ming askari safarbar etilgani ma'lum. Ayrimlar u yerda bir necha kungina bo'lgan xolos, chunki ular yo Afg'onistonga ketayotgan yo u yerdan kelayotgan bo'lgan.

"Shu kungacha Urush faxriylari vazirligi ham va umuman Mudofaa vazirligi bu harbiylarning shikoyatlariga javob bermagan. Ular zobitlarning dardiga quloq tutmay, arzlarini chetga surgan", - deydi kongressmen Linch.

"Bu askarlar aslida zamon qahramonlari, chunki ular 2001-yilning 11-sentabridagi terror xurujlari ketidan bu mintaqaga borgan. Afg'oniston bilan chegaradosh hududda joylashgan havo bazasidan turib, qolaversa urush maydonida yurtimiz va dunyo tinchligi uchun xizmat qilgan", - deydi qonunchi.

Yillar davomida 491 kishida saraton aniqlangan. Hammasi K2 ga aloqador odamlar, deydi Linch.

"Bizning quyi qo'mitamiz, respublikachi va demokratlar, birgalikda masalani o'rganib chiqdik. K2 havo bazasida ekologik muhit nihoyatda zaharli bo'lgan. Sovet davridan qolgan bu inshoot va uning atrofida biologik va kimyoviy chiqindilar aniqlangan. Harbiylarimiz ular ta'siri ostida yurgan. Mazkur hududda saraton kasalligiga yetaklovchi zaharli moddalar bo'lgan. Tegishli vazirliklarimiz bu holga ko'z yummay, oradan 20 yil o'tgan bo'lsa-da, adolatni ta'minlash uchun hoziroq chora ko'rishi kerak".

Demokrat Karolin Maloni AQSh Vakillar palatasining Nazorat va islohot bo'yicha qo'mitasi raisi
Demokrat Karolin Maloni AQSh Vakillar palatasining Nazorat va islohot bo'yicha qo'mitasi raisi

Vakillar palatasining Nazorat va islohot bo'yicha qo'mitasi raisi Karolin Maloniga ko'ra, davlat o'z harbiylarini uzoq va yaqin muddatli tahdiddan himoya qila olmagan. Kongress 2000 dan oshiq kasallanish hollarini aniqlagan.

"Zobitlarimiz kasallangan. Yillar o'tib ham og'ir xastaliklardan qiynalmoqda. Biz ularga g'amxo'rlik qilishimiz kerak edi. Bu masala qo'mitamiz diqqat markazida", - deydi Maloni.

K2 bazasida xizmat qilganlar saratonga chalingan, degan ma'lumotlar anchadan beri bor. Mutasaddilar shu kungacha kasalliklar va O'zbekistondagi xizmat orasida bevosita aloqa yo'q degan mazmunda bayonotlar bergan.

O'zbekiston hukumati bu masala yuzasidan munosabat bildirmagan. Qarshi-Xonobod aerodromi respublika Mudofaa vazirligi nazoratida.

Amerika siyosatchilari deydiki, muammoda avvalo Pentagon, xususan harbiy bazalar xavfsizligi uchun mas'ul idoralar javobgar.

AQShning Qarshi-Xonobod havo bazasi, Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston, 2004
AQShning Qarshi-Xonobod havo bazasi, Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston, 2004

2020-yilning boshida Davlat xavfsizligi bo'yicha quyi qo'mita ikki faxriyni huzuriga chaqirib, ularning dardini tinglagan edi. Har ikkalasi saraton bilan olishmoqda. Boshqa bir veteranning rafiqasi bu kasallikdan vafot etgan.

Fevral oyida kongressmenlar Stiven Linch va Mark Grin rezolyutsiya taklif qilib, Pentagonga K2 bilan bog'liq shikoyatlarni birma-bir ko'rib chiqish va bazadagi ekologik muhit haqida hisobot berish talabini qo'ygan.

Aprel oyida Urush faxriylari vazirligi bu masala bilan shug'ullanayotganini ma'lum qilgan edi. Bu organ faxriylarning salomatli yuzasidan yangi programma boshlagan.

Iyul oyida esa quyi qo'mita Pentagonning bu muammodan xabari bo'lganini isbotlovchi ma'lumotlarni chiqargan edi. Lekin Urush faxriylari vazirligiga ko'ra, kasallanganlar va K2 bazasidagi vaziyat bir-biriga qanchalik bog'liqligini isbotlovci dalillar hamon mavjud emas.

AQSh bu bazani 2005-yilda yopgan. 2001-yildan keyin O'zbekiston va Amerika orasida avj olgan harbiy hamkorlik oradan to'rt yil o'tib taranglashgan. Asosiy sabab 2005-yilning 13-mayida Andijonda yuz bergan qonli voqealar va ularda O'zbekiston rahbariyatining ayblanishi edi.

Karimov ma'muriyati undan norozi ommani o'qqa tutganlikda qoralangach, Toshkent Vashingtondan kelayotgan kuchli tanqidga K2 ni yopish va AQSh harbiylarini O'zbekistondan chiqarib yuborish qarori bilan javob bergan. Baza uchun AQSh yiliga millionlab dollar to'lagan.

2001-2005 yillar orasida Bush ma'muriyati O'zbekistonga 300 million dollardan oshiq miqdorda ko'mak ko'rsatgan.

K2 Afg'onistondagi katta sonli qo'shin uchun bekat edi. Shuningdek, Amerika harbiy samolyotlari va boshqa havo vositalari uchun strategik to'xtash joyi bo'lgan edi. AQSh maxfiy xizmatlari ham bu inshootdan foydalangan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 900 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG