Breaking News

Fauchi: Virus yuqtirganlar soni yanada ko'payadi


Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori doktor Entoni Fauchi

AQShning yuqumli kasalliklar bo'yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi mamlakathda koronavirusga chalinganlar soni yanada o'sishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori doktor Fauchining aytishicha, infeksiya darajasi "to'satdan kamayib qolmaydi" va yaqin haftalarda "o’sish ustiga yana o’sishni ko'rishimiz mumkin".

Shuningdek, yakshanba kuni Oq uyning koronavirusga qarshi kurash bo'yicha koordinatori doktor Debora Birksning “CBS” kanalidagi "Xalq bilan yuzma-yuz" dasturida aytishicha, ta'til paytida sayohat qilgan odamlar "o’zini virus bilan yuzma-yuz kelganini taxmin qilishlari kerak va test topshirishi lozim”.

Shuningdek, u ta'til vaqtida 65 yoshdan katta yoki boshqa kasalliklarga ega odamlar bilan muloqot qilmaslikka chaqirdi.

AQShda noyabr oyi uchun 4 milliondan ortiq yuqumli kasalliklar qayd etilgan. Bu oktabrda o'rnatilgan 1,9 millionlik rekorddan ikki baravar ko'p.

Dunyodagi 62,7 million COVID-19 kasalligining 13,3 millioni AQShda qayd etilgan. Eng ko’p kasallanganlar soni ham shu mamlakatda. Ikkinchi va uchinchi o’rinlarni 9,3 million va 6,3 millionlik raqamlar bilan mos ravishda Hindiston va Braziliya egallagan.

Jons Xopkins koronavirus markazi statistikasiga ko'ra, Hindistonda yakshanba kuni deyarli 42000 yangi kovid infeksiyasi qayd etilgan.

Yevropada ba'zi mamlakatlar koronavirus tarqalishining oldini olish uchun Rojdestvo ta'tilida chang’i uchish markazlarini yopish bo'yicha qit'a miqyosida kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Ammo hali yakuniy qarorga kelinmagan.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, Afrikada pandemiya tufayli sog’liqni saqlash tizimi ishdan chiqqani bois bezgakdan o’ladiganlar soni koronavirus qurbonlaridan ko’payib ketishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG