Tramp tarafdorlari prezident saylovlari natijasidan norozilik bildirib, 12-dekabr kuni poytaxt Vashingtonda namoyishga yig'ildi. Tramp kampaniyasi qator shtatlarda firibgarlik yuz berganini da’vo qilib, saylov natijasini bekor qilish talabi bilan sudlarga murojaat qilgan, ammo shikoyatlar asossiz deb topilgan.