Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar...
2020-yil suratlarda
- Amerika Ovozi

1
Venesuelada muxolifatchi Xuan Guaydoning parlament binosiga kirishiga taqiq qo'yilgandan so'ng to'siqni oshib o'tmoqda. Karakas, 5-yanvar, 2020.

2
AQShning dron hujumida halok bo’lgan Eron generali Qosim Sulaymoniyning janozasiga to'plangan odamlar. 7-yanvar, 2020.

3
Tehron aeroportidan ko'tarilgan Ukraina yo'lovchi samolyoti urib tushirildi. Askariyati Eron va Kanada fuqarolaridan iborat 176 yo'lovchining barchasi halok bo'lgan. Eron. 8-yanvar, 2020

4
Ko'chada xushidan ketib, vafot etgan qariya. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti global favqulodda vaziyat e'lon qildi. Uxan, Xitoy. 30-yanvar, 2020.
Facebook Forum