Breaking News

Tramp impichment sudi suratlarda

AQSh Senatida sobiq prezident Donald Trumpning impichment sudi davom etmoqda. Qoralovchi tomon - quyi palata, oqlovchi tomon esa Trampning yuristlari. Har ikki tomonga teng vaqt berilmoqda.

Bosh qomusga ko'ra, Vakillar palatasi impichment qilish uchun ovoz beradi, keyin prezident Senatda sud qilinadi. Odatda jarayonga Oliy sud raisi boshchilik qiladi, lekin masala amaldagi emas, sobiq prezident haqida ekan, sudga Senatda eng uzoq davrdan beri xizmat qilib kelayotgan demokrat Patrik Lehi raislik qilmoqda.

100 senator bir qarorga kelgach, birma-bir turib, "aybdor" yoki "aybsiz" deya o'z ovozini bayon qiladi.

9-fevral kuni boshlangan sud yaqin orada yakunlanishi kutilmoqda.



Ko'proq...

XS
SM
MD
LG