Breaking News

Myanmada harbiylarga qarshi namoyishlar davom etmoqda


Myanma poytaxtida o'tkazilgan namoyish, 2021-yil, 15-fevral

Myanmada 1-fevral kuni yuz bergan harbiy to’ntarishga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Mamlakatning eng yirik Yangon shahrida namoyishchilar harbiylar atrofiga to’planib, o’z e’tirozlarini bildirgan.

Markaziy bank binosi oldida turgan harbiy mashinalar va askarlarni o’rab olgan minglab tinch aholi vakillari mamlakatga fuqarolik boshqaruvining qaytarilishini talab qilmoqda.

“Armiya texnikasini ko’rganimda, ular qurolsiz oddiy aholidan qo’rqayotgan bo’lsa kerak, deb o’yladim”, - deydi namoyishchilardan biri.

Harbiylar va namoyishchilar o’rtasida to’qnashuvlar yoki bevosita ziddiyatlar kuzatilgani yo’q. Tomonlar tinchlik saqlab, bir-birlariga nisbatan e’tirozini bosiqlik bilan bildiryapti.

Namoyishchilardan biri “Betmen” obraziga kirib, odamlarga biroz yumor ulashishga urindi. Lekin so’nggi kunlarda mamlakat bo’ylab ziddiyat kuchayib bormoqda.

Ba’zi shaharlarda namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o’rtasida to’qnashuvlar ham kuzatilgan. Armiya o’z kuchini ko’rsatib, qo’rquv orqali odamlarni tarqatishga urinmoqda.

15-fevral kuni ham internet aloqasida uzilishlar kuzatilgan. Harbiy to’ntarish amalga oshgandan beri mamlakatda barqaror internet va kommunikatsiya aloqasi mavjud emas.

Xalqaro hayot - 15-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:17 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG