Breaking News

AQShda osiyoliklarga nisbatan nafrat va tahqirlar kuchaymoqda


Osiyoliklarga nisbatan nafrat va tahqirlarga qarshi namoyish. Sietl, Vashington shtati, 13-mart, 2021.

Stop AAPI Hatetashkilotiga ko’ra, AQShda so’nggi bir yil ichida osiyoliklarga nisbatan 3795 ta nafratga asoslangan tahqir va jinoyatlar qayd etilgan. Bunday jinoyatlar hamisha kuzatilgan. Lekin tashkilotga ko’ra, pandemiya davrida zo’ravonlik va diskriminatsiya osiyoliklarga nisbatan yanada kuchaygan.

Tashkilot hisobotida keltirilishicha, birgina 2021-yilda 500 ta shunday holat qayd etilgan. Aksariyati og’zaki tahqirlash va kamsitishdir. 11,1 foiz hollarda jismoniy tajovuz sodir etilgan. “Lekin bu faqat ro’yxatga tushganlari. Amalda bunday holatlar ancha ko’p”, - deydi tashkilot rasmiylari.

Bu faqat ro’yxatga tushganlari. Amalda bunday holatlar ancha ko’p.

Kaliforniya osiyoliklar eng ko’p yashaydigan shtat. Bunday holatlarning 45 foizi ham aynan shu shtatga to’g’ri keladi. Jinoyatlarning 14 foizi Nyu-York shtatida kuzatilgan. Nyu-York Kaliforniyadan so’ng osiyolik immigrantlar eng ko’p joylashgan hudud sanaladi.

“Sobiq prezident Donald Tramp pandemiya uchun Xitoyni ayblashi nafratni alangalatib yubordi”, - deydi tashkilot vakili Sintiya Choy.

Tahqirlashlarga uchragan osiyoliklarning 42,2 foizi xitoyliklar, 14,8 foizi koreyaliklar, 8,5 foizi vyetnamliklar, 7,9 foizi filippinliklar. Ular orasida ayollar soni erkaklarnikidan ikki barobar ko’p.

Bayden ma’muriyati nafrat epidemiyasiga qarshi chora ko’rilishini bildirgan.

Irqiy nafratga asoslangan tahqirlash va zo'ravonlikni kamaytirish maqsadida Adliya vazirligi o'tgan oyda yuzlab huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini shu turdagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish va javobgarlikka tortish bo’yicha maxsus treningdan o’tkazgan.

“Amerikada hech bir kimsa shaxsi va e’tiqodi uchun qo’rquv tuyishi kerak emas”, - deydi Bosh prokuror o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Jon Karlin.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG