Breaking News

Vaksina olgan amerikalik keksalar ochiq hayotga qaytmoqda


Amerikalik keksalar normal hayotga qaytmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Koronavirusga qarshi vaksinaning har ikki dozasini olgan keksalar uchun hayot nihoyat normal holatga qaytmoqda.

Pandemiya paytida millionlab keksa amerikaliklar tashqariga chiqa olmay, uyida qamalib qoldi.

“Bir yil davomida uyimiz biz uchun butun dunyo bo’ldi”, - deydi Mayk Linver.

2020-yil martda pandemiya AQShga yetib kelgach, Mayk Linver uyidan tashqariga chiqmaslikka qaror qildi.

U va rafiqasi 70 yoshdan oshgan hamda astma kasalligiga ega. Ular koronavirusga chalinish xavfiga yuzlanishdan ko’ra uyda yolg’iz o’tirishni afzal ko’rdi.

“Kuniga 1-2 marta sayr qilishni hisobga olmaganda, ko’chaga umuman chiqmadik. Sayrga chiqqanda esa har doim niqob taqib, faqat mahallamizni aylandik”, - deydi Linver.

Ular ko’chaning narigi yuzida turuvchi qizining xonadoniga ham bora olmadi.

“Bor-yo’g’i 15 metr, ko’chaning u yuzida. Shunday bo’lsa-da, 10 ming kilometrdek uzoq tuyuldi”, - deydi Mayk.

U hozir vaksinaning har ikki dozasini to’liq oldi; rafiqasi ikkinchi doza berilishini kutmoqda. Tez orada yaqinlari bilan oilaviy kechki ovqat uchun yig’ilishmoqchi.

“Bu biz uchun katta voqea. Tashqariga chiqish marosimi desa ham bo’ladi. Boshqa bir qizim Nyu-Jersida yashaydi. Biz yana poyezdga minishni rejalayapmiz. Har ikki oyda uning oldiga poyezdda borib turardik, chunki uning ikki farzandi bor”, - deydi Mayk Linver.

Eduard va Marike Jero ham shunday vaziyatda. Ularning og’li juda yaqin joyda yashaydi, ammo bir yildan beri bir-biri bilan yaqindan ko’risha olmadi.

“Og’ling va kelining senga yaqin joyda yashasa-yu, lekin bir yarim yildan beri ularni quchoqlay olmasang yoki yoniga borolmasang, g’alati bo’larkan. Ular bizdan uzoqroq turishni xohlashdi”, - deydi Marike Jero.

Endi ular nafaqat do’stlar va yaqinlar bilan ko’risha oladi, balki olis safarlarga chiqishni ham rejalamoqda. Vaksina ularga shunday imkoniyat berdi. Ikkinchi dozani olgan kunimizdayoq kichik sayohatni rejalab qo’ydik, deydi Eduard.

“O’rmondagi kulbaga bormoqchimiz. Haddimidan oshmoqchi emasmiz, shunchaki, 35 yil oldin asaloyimizni o’tkazgan joyga boryapmiz”, - deydi u.

Marike uzoq tanaffusdan so’ng nihoyat sartaroshxonaga borayotganidan xursand.

“Ertaga sochimni kaltalayman. Birinchi marta. Sochim, odatda, kalta bo’ladi, hozir esa yelkamga tushyapti. Xuddi qamoqdan chiqqandek, nihoyat ozod bo’lgandek his qilyapmiz o’zimizni. Bir yildan beri mashina ham haydaganim yo’q, chunki hech qayerga chiqmadik”, - deydi Marike.

Hozir AQShda kamida 100 million odam koronavirusga qarshi vaksina oldi. 65 yoshdan yuqori amerikaliklarning yarmidan ko’pi to’liq emlangan.

Bayden ma’muriyati aprel oxirigacha barcha amerikaliklar vaksina olish imkoniyatiga ega bo’lishini aytmoqda. Maqsad – mustaqillik kunigacha Amerikani koronavirusdan xalos qilish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG