Breaking News

"Al-Jazira" muxbiri "yangi" O'zbekiston haqida kitob yozmoqda


Toshkent akkreditatsiyadan mahrum qilgan jurnalist Agneshka Pikulitska Prezident Shavkat Mirziyoyev davri haqidagi kitobini yakunlamoqda. Uning aytishicha, so’z erkinligi o’zbek jamiyatida iste’molga kirdi. Hukumatning so’nggi urinishlariga qaramasdan, jamoatchilik bu ehtiyojni boy bermoqchi emas.

“Al Jazira” telekanali muxbiri Agneshka Pikulitska so’nggi paytda O’zbekiston hukumatidan akkreditatsiya olgan va tezda bu maqomdan mahrum qilingan jurnalist sifatida ham tanildi.

Akkreditatsiyasi bekor qilingan jurnalist Pikulitska Mirziyoyev davri haqida kitob yozmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:40 0:00

Uning akkreditatsiya olishi Tashqi ishlar vazirligi vakilining “shilqimligi” oshkor etilishi, akkreditatsiyadan mahrum qilinishi esa Ichki ishlar vazirligining jurnalistga qarshi ayblov bilan chiqishi ortidan kuzatildi.

O’zbekistonda LGBT mojarosi yuzaga chiqishi ortidan noxolislikda, huquq-tartibot idoralariga tuhmat qilishda ayblangan Agneshka Pikulitskaga nisbatan munosabat ancha ziddiyatli. Jamoatchilikning ayrim qatlami unga jiddiy tahdidlar bilan chiqqan bo’lsa, jurnalist davlat idoralari uchun ham istalmagan shaxsga aylangan.

Ammo Pikulitska O’zbekistonda yashash, ishlash qarorida qat’iy. Mirziyoyev o’zgarishlari haqida yozayotgan kitobini yakunlash arafasida.

Uning ta’kidlashicha, ayni paytda o’zbek jamiyati hal qiluvchi davrda turibdi. Saylov arafasida hukumat nazoratni mustahkamlashga, jamoatchilik diqqatini iqtisodiy-siyosiy muammolarga emas, boshqa ijtimoiy mavzularga, jumladan, LGBT mavzusiga ham qaratishga urinmoqda.

Jurnalist uyushtirilgan bosimlardan qat’i nazar, o’zbek jamiyati toqatsiz degan firkda emas. Akkreditatsiya olishi, undan mahrum qilinishi ham mamlakatdagi so’z erkinligining ko’rsatkichi bo’la olmaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG