Breaking News

Pandemiya: Indoneziyada bemorlarga kislorod yetishmayapti


Xalqaro hayot - 15-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:38 0:00

Koronavirusning “Delta” turi ko’payib borar ekan, Indoneziyada bemorlar uchun kislorod ballonlari yetishmayapti.

“Topish qiyin. Ko’plab joylarni qaradim. Ertalabdan beri shu yerdaman. Ballonimni endi to’ldirib berishyapti”, - deydi Deyvid ismli fuqaro.

Kasalxonalar odamlar bilan to’la. Uyda davolanayotganlar shu kabi markazlarga kelib kislorod ballonlarini to’ldirib ketadi. Ko’plab bemorlar uchun kislorod hayot-mamot masalasi.

Indoneziyada yarim litrdan 6000 litrgacha bo’lgan turli hajmdagi kislorod ballonlari bor. Koronavirusning yangi to’lqini boshlangandan beri havo to’ldirish narxi olti barobar oshdi.

Odamlarga yordam bo’lishi uchun narxni oshirmaganlar ham bor. Masalan, mana bu markazda bir kichi qancha ballonni to’ldirishi mumkinligiga cheklov qo’yilgan.

“Ilgari bir kunda 40-60 odam kelardi. Hozir 100-150 kishiga xizmat ko’rsatyapmiz. Bir kubometrga 1,25 dollar olamiz. Bir kishi 5 tagacha ballonini to’ldirishi mumkin”, - deydi biznes egasi.

Bir guruh ko’ngillilar “Xalq uchun kislorod” nomli dasturni yo’lga qo’ydi. Maqsad Jakarta va uning atrofida yashaydigan, kislorodga muhtoj odamlarga bepul xizmat ko’rsatish. Bir necha kun ichida 1500 odam yordam so’rab keldi.

“Oxirgi ikki haftada kislorod yetishmovchiligi boshlanishi bilan shu harakatni yo’lga qo’ydik. Kislorodga muhtoj bo’lganlar “Google” formasini to’ldirishi kerak, xolos. Jamoamiz kerakli ma’lumotlarni olib, ularga ballon berib turish haqida qaror qabul qiladi. Ballonni yetti kungacha ishlatishlari mumkin. Hammasi bepul”, - deydi dastur tashkilotchilaridan biri Arif Bobhil.

Odamlar dasturdan minnatdor. Frenki yaqinda koronavirusdan otasini boy berdi. Endi boshqa bir oilasini saqlab qolishga urinmoqda.

“Yana biror kishimni boy berishni xohlamayman, qo’limdan kelganini qilyapman. Barcha kislorod markazlari yopiq. Topish juda qiyin. Kislorod yo’qligi uchun odamlar o’lyapti. Shular yordami bilan ballon oldim va uni endi oilamga beraman”, - deydi u.

Indoneziya hukumati kislorod va ballonlar ishlab chiqarishni oshirishga, xususan, ularning xorijdan importini ko’paytirishga va’da bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG