Breaking News

AQSh: vaksina olgan yoshlarga ta'lim grantlari taklif qilinmoqda


Vaksina olganlar uchun ta'lim grantlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Merilend shtati gubernatori davlat universitetlarida o’qish uchun 20 ta 100 foizlik grant e’lon qidi. G’oliblar koronavirusga qarshi to’liq emlangan o’smirlar orasidan tanlab olinadi.

Lotereya tarzida o’tkaziladigan million dollarlik tanlovda 12 va 17 yosh orasidagi emlangan o’smirlar ishtirok etishi mumkin.

Grantni yutib olganlar to’rt yillik davlat universitetida bepul o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Nyu-York, Ogayo, Michigan, Kolorado va boshqa shtatlarda ham shunday rag’batlantiruvchi dasturlar yo’lga qo’yilmoqda.

Masalan, Luiziana shtatidagi lotereya dasturiga allaqachon 750 mingdan ortiq odam ariza topshirgan.

“Jami 2,3 million dollar mablag’ tikkanmiz. Dastlabki to’rt haftada 12 va 17 yosh orasidagi, vaksina olgan o’smirlarga 100 ming dollarlik grantlar beramiz. Keyingi to’rt haftada 18 yoshdan yuqori bo’lganlarga 100 ming dollarlik grant beriladi”, - deydi Luiziana shtati sog’liqni saqlash boshqarmasidan Mark Tomas.

AQShda emlanish darajasi sekinlashgan.

Boshida kunlik emlanishlar soni 1,3 milliongacha chiqqan edi. Hozir esa 300 mingga zo’rg’a yetyapti. Bunga sabab – aholi orasida vaksinalarga ishonchsizlik hanuz yuqori.

Shu bois emlash targ’ibotiga universitetlar ham qo’shilmoqda.

“500 dollardan 10 ming dollargacha bo’lgan turli grantlarni taqdim etyapmiz. Bularning hammasi talabalarimiz uchun”, - deydi G’arbiy Michigan universiteti professori Jennifer Bot.

Rasmiylarga ko’ra, bunday choralar samara beradi.

“Bunday lotereyalar – u xoh million dollarlik pul yoki grant bo’lsin yoki oddiy shirinlik, bepul pivo bo’lsa ham – kimnidir harakatga undashi mumkin. Demak, ularda vaksinaga jiddiy qarshilik yo’q”, - deydi Jons Xopkins universiteti tadqiqotchisi Uilyam Mos.

Alabama, Arkanzas, Florida va Indiana kabi shtatlarda esa maktablarda majbuiry emlash taqiqlanmoqda. Niqob taqishni majburlovchi choralarni man etgan shtatlar ham bor.

Bu pandemiyaga qarshi choralarga putur yetkazadi, deydi ekspertlar.

“Jamoat sog’ligini saqlash uchun choralarni yanada kuchaytirish kerak. Individual erkinlik va jamoat sog’ligi o’rtasidagi ziddiyat har doim bo’lgan. Afsuslanarlisi shundaki, koronavirus va vaksinalar juda siyosiylashib ketdi”, - deydi Mos.

Ba’zi rasmiylarning umid qilishicha, odamlarning vaksinalarga nisbatan siyosiy qarshiligini yengib o’tish uchun turli mukofot va grant dasturlari kifoya qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG