Breaking News

Afg'on urushi faxriysi: Afg'onistonga sayyoh sifatida qaytishni xohlayman


Afg'onistonni tark etayotgan sovet armiyasi, 1989-yil (arxiv)

AQSh yetakchiligidagi xalqaro qoʻshinlar Afgʻonistonni tark etgach, mamlakat nazorati Tolibon qo'liga oʻtdi. Dunyo hamjamiyatining eʼtibori Afg'onistonga qaratilgan bir paytda Sovet armiyasi safida shu mamlakatda xizmat qilgan qirg'izistonlik urush faxriysi bilan suhbatlashdik.

1979-yildan 1989-yilga qadar Sovet armiyasi tomonidan Afgʻonistonga “baynalmilal xizmat oʻtash” uchun joʻnatilgan yetti mingdan ortiq qirgʻizistonliklar orasida oʻshlik Azimjon Mamajonov ham boʻlgan.

Azimjon aka 1981-yili Kobulga joʻnatildi, “ammo oʻsha paytda biz Afgʻonistonda nima boʻlayotgani haqida hech qanday tasavvurga ega emas edik”, - deydi u.

Afgʻonistonda Sovet armiyasi tarkibida xizmat qilgan qirgʻizistonliklarning 249 nafari u yerda halok boʻlgan. Toʻrt nafari esa hozirgacha bedarak. Urush oqibatida asab va yurak kasalliklariga chalingan ming nafarga yaqin afgʻon faxriysi vataniga qaytib vafot etgan.

Oʻz xotiralarini “Amerika Ovozi” uchun hikoya qilib bergan faxriy “Men siyosat haqida biror narsa deya olmayman, ammo afgʻon xalqi tinch va osuda hayot kechirishga haqli”, - deydi.

Suhbatdoshim qachondir tinch Afgʻonistonga sayyoh sifatida borishni orzu qiladi.

Afgʻon urushi faxriysi: Orzum – Afgʻonistonga sayyoh bo'lib borish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:41 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG