Breaking News

Yong'inlarga qarshi kurashda qo'l kelayotgan texnologiyalar


O'rmon yong'inlari va bugungi texnologiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:03 0:00

AQSh Fazo agentligi NASA havo transporti qatnovini boshqarish tajribasini yong’inlarga qarshi qo’llamoqda.

Havo tankerlari, vertolyotlar, parashyutdan sakraydigan va yerdagi o’t o’chiruvchilar: o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda bugun ishtirokchilar ko’p.

Samolyotlar bir-biridan xavfsiz masofada ekanini ta’minlash uchun hamma ishni bir kishi yuqori balandlikdan turib kuzatadi.

“Mana shu shaxs operatsiyani yuqoridan kuzatadi, har tomondan kelayotgan ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qiladi”, - deydi NASA tadqiqotchisi Joui Merser.

AQSh Fazo agentligi NASA tadqiqotchisi Joui Merser Shimoliy Kaliforniyada o’tayotgan bu treningda STEREO nomli yangi sistemani sinovdan o’tkazmoqda. U yong’in paytida havodan va yerdan olib boriladigan ishlarni koordinatsiya qilishda yordam beradi.

“Maqsad kim qayerda nima qilayotganidan xabardor bo’lish, komanda bo’lib ishlash”, - deydi Merser.

Samolyotlar koordinatalari va boshqa ma’lumotlarni muntazam uzatib turadi, bular STEREO ekranlarida paydo bo’ladi.

STEREO sistemasi o’t o’chirishda qo’llanilayotgan dronlarni ham kuzata oladi. Infraqizil kamerali dronlar yangi yong’inlarni aniqlashga qodir.

Dronlar, shuningdek, ataylab olov yoqib, kattaroq yong’inlarning yo’lini to’sish uchun ishlatiladi.

“Bunday vositalar xavfsizlik nuqtai nazaridan juda foydali”, - deydi AQSh O’rmon xizmatida dronlar bo’yicha dastur rahbari Derk Gayls.

Biroq boshqa xatar ham bor.

“Dron vertolyot yoki samolyot bilan to’qnashsa halokatli bo’ladi”, - deydi Merser.

STEREO tizimi yordamida dronlar uchishi uchun xavfsiz bo’lgan “geozonalar” yaratish mumkin.

“Shunda dronlar geozonaning sharqida uchsa, boshqa vositalar g’arbida uchadi”, - deydi Gayls.

Xavfsizlikni ta’minlashda ana shunday vizual vosita qo’l kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG