Breaking News

Floridalik o'zbekistonliklar prezidentga erta ovoz berdi


Early Uzbekistan elections in America
Early Uzbekistan elections in America

Florida shtatida yashovchi o’zbekistonliklar prezident saylovida muddatidan erta ishtirok etdi. Saylov Orlando shahrida O‘zbekiston elchixonasi va Florida O’zbek-Amerika uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Floridalik o'zbekistonliklar prezidentga erta ovoz berdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

O’zbekistonda prezident saylovi 24-oktabrga belgilangan bo’lsa-da, ovoz berish huquqidan foydalanmoqchi bo’lgan, ammo pandemiya davrida Vashington yoki Nyu-Yorkka borish imkoniyatidan mahrum saylovchilarga yordam berish maqsadida bu yili bir necha shtat va shaharda muddatidan erta saylovlar tashkil etilgan.

O'zbekiston elchixonasi konsuli Faxriddin Mo’minovga ko'ra, erta saylovlar San-Fransisko, Nyu-York, Vashington, Chikago, Filadelfiya, Pitsburg va boshqa shaharlarda ham o'tkazilmoqda.

Elchixona xodimlari hisobicha, Orlando va uning tevaragida 200 ga yaqin o’zbekistonlik bor. Saylov odatdagidek statistika uchun, jiddiy raqobatsiz o’tkazilayotgan bo’lsa-da, orlandolik o’zbekistonliklar uchun diydor ko’rishishga bir bahona.

Besh nomzoddan aynan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning saylovda g’alaba qozonishi hech kimda shubha uyg’otgani yo’q.

AQShga 10 yil oldin kelgan, bir oy oldin Nyu-Yorkdan Orlandoga ko'chgan Shahboz Erkinov uchun bu Amerikada ilk saylov bo’ldi. U Mirziyoyevga ovoz berganini aytdi.

Saylovda kuzatuvchilik qilgan Imom al-Buxoriy islom markazi imomi Ilyosxon Toshxo’jayev qonunbuzarliklar bo'lmaganini aytdi.

Prezidentlikka nomzodlarning birortasi AQShdagi o'zbekistonliklar orasida saylovoldi tashviqot olib bormagan.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG