Breaking News

Orol dengizi manzaraları

Yarim asrdan oshdiki, Orol dengizi qurib bormoqda. “Bir haftada bir suv sathini oʼlchab turamiz, baʼzan suv besh santimetrgacha pasayganiga guvoh boʼlamiz”, - deydi biz bilan suhbatda mintaqadagi gidrometeorologiya xizmati xodimi Rasul Yo’ldoshev.

Oʼzbekiston tomonida suv dengiz sohillaridan yuz kilometrlab uzoqlashib ketgan. Sohillar esa tuz koniga, qum barxanlari qoplagan choʼlga aylanib ulgurgan. Onda-sonda butalar oʼsadi. Shamol goh-goh tuz aralash qumni osmonga koʼtarib, chang-toʼzon yaqin atrofdagi xalq xoʼjaligiga zarar keltiradi. Qumning osmonga koʼtarilishini oldini olish maqsadida baʼzi mintaqalarda saksovulzorlar tashkil etilgan.

Bir paytlar tonna-tonnalab baliq ushlangan Orol dengizi suvidagi tuz miqdorining koʼpligidan bugungi kunda baliq ham yashay olmaydi. Baliqchilik bilan shugʼullangan mahalliy aholi vakillari ishsiz qolgan. Imkonini topganlar boshqa mintaqalarga koʼchib ketgan. Qolganlar chorvachilik, dehqonchilik ortidan arang kun koʼradi. Oʼtgan asrda paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida Markaziy Osiyo choʼllari paxtazorga aylantirilar ekan, ayni paytda dengiz choʼlga aylanib bormoqda.

Bu yerlarga onda-sonda sayyohlar ham kelib turadi. Аmmo sobiq Sovet Ittifoqi paytida Qoraqalpogʼiston sayyohlar uchun yopiq mintaqa boʼlganligi sababli ham bu yerda turizm yaxshi rivojlanmagan.

Ko'proq...

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG