Breaking News

"Amerika Ovozi" ommaviy axborot vositalarini hamkorlikka taklif qiladi


AQSh Global Media Agentligi ("Amerika Ovozi") hamkor ommaviy axborot vositalari bilan o'z dasturlarini baham ko'rish maqsadida “USAGM Direct” tizimini ishga tushirdi.

"Amerika Ovozi" har xil formatda tijoriy raqobatbardosh dasturlarni, shu jumladan, besh daqiqalik kundalik yangiliklar va haftalik shou va reportajlarni taqdim etadi. Bizning sahifalarimizdan siyosat, iqtisodiyot, Amerikadagi hayot tarzi, ta'lim, sog'liqni saqlash va ilm-fan mavzularidan tortib turli ko'ngilochar dasturlargacha topishingiz mumkin.

O'zingizga yoqqan video va boshqa formatdagi materiallarni topib, tanlab, mustaqil tarzda o'z platformangizda ishlatishni xohlasangiz, "Direct" tizimi orqali ro'yxatdan o'ting.

Buning uchun https://direct.usagm.gov/user/create manziliga kirib, ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

Ro'yxatdan o'tish tartibi quyida rasmlar yordamida batafsil tushuntirilgan.

1-qadam. Ro'yxatdan o'tish sahifasi orqali elektron pochta manzilingiz, parol va boshqa ma'lumotlaringizni kiriting.

2-qadam. Shundan so'ng "Directga xush kelibsiz" degan xabar chiqadi.

3-qadam. Bu xabarni yopib, quyidagi rasmda ko'rsatilgan 1 va 2-qadamlarni bajaring. Ya'ni, kontent tilini (o'zbekcha) va tarmoqni ("Amerika Ovozi") tanlang.

4-qadam. Shundan so'ng "Amerika Ovozi"ning barcha videolari ko'rinadigan sahifa ochiladi. Bu yerda siz videolarni turi, bo'limlar va vaqti bo'yicha saralashingiz mumkin. Videolarni saralash uchun chap tomondagi filtrlardan foydalaning.

5-qadam. Videoni ko'chirib olish uchun, uni belgilab, tepadagi o'ng burchakni bosing va o'zingiz istagan formatda saqlab oling.

"Amerika Ovozi" materiallaridan foydalanganda, albatta, manbani eslatishni unutmang. Foydalanish shartlari haqidagi batafsil ma'lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, ularni uzbek@voanews.com manziliga yuboring.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG