Breaking News

Kiyevda do'konlar qayta ochildi, eng zarur mahsulotlar taqchil


Kiyevda non taqchil, 28-fevral, 2022
Kiyevda non taqchil, 28-fevral, 2022

Belarusda Ukraina va Rossiya o’rtasida harbiy to’qnashuvlarni to’xtatishga doir muzokara o’tgan. Bu - Rossiya boshlagan urush va umuman Ukraina ziddiyati ortidan bevosita ikki tomonlama o’tgan dastlabki muzokara.

Muloqot urush to’xtashiga doir umidlarni yuzaga chiqargani kuzatiladi. Hozircha natija haqida aniq ma’lumotlar yo’q, lekin Ukraina birinchi shart otishmani to’xtatish, Rossiya harbiylarining mamlakatni tark etishi ekanligiga diqqat qaratmoqda.

Moskvaning asosiy talabi Ukraina uchun NATO eshiklarini yopish ekanligi ma’lum. Urush boshlanganiga besh kun bo’ldi. Kiyev va boshqa yirik shaharlar ham o’z mudofaasini ushlashda, mustahkamlashda davom etmoqda.

Rossiya hujumi bir qadar sekinlagan. Bu Belarusda boshlangan muzokara bilan bog’liqmi yoki Ukraina hukumati ta’kidlayotganidek, Rossiyaning og’ir harbiy talofatlari bilanmi, aniq aytish qiyin.

Kiyevdan "Amerika Ovozi": Rossiya hujumlari kamaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

Ammo 28-fevral kungi vaziyat Rossiya qo’shinlari Kiyev tomon harakatlanishdan chekinganini ko’rsatgan. Poytaxtda kun davomida muntazam e’lon qilib turilgan havo hujumidan ogohlantirishlar kamaydi. Raketa zarbalari, portlashlar, o’q ovozlari ham sezilarli darajada pasaydi.

28-fevral kuni Kiyevda ikki kunga cho’zilgan keskin komendantlik soati yumshatildi. Shaharda oziq-ovqat do’konlari ishlay boshladi. Uzun navbatlar yuzaga kelib, ayrim mahsulotlar taqchil.

Ukraina Ichki ishlar vazirligiga ko'ra, bugun Xarkov jiddiy zarbaga uchragan, raketalardan o’qqa tutilgan, shahardagi bir nechta binolar vayron qilingan, o’nlab odamlar qurbon bo’lgan.

28-fevral kuni xalqqa murojaat qilgan Prezident Volodimir Zelenskiy Belarusdagi muzokaralardan jiddiy natija bo’lishiga umid oz ekani, Ukraina taqdirini hal qiluvchi janglar ketayotganini aytgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG