Breaking News

Tahlilchi: Toshkent urush tahdidini anglab yetmoqda


O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov

Rossiya-Ukraina urushida jiddiy burilishlar yo’q. Uch haftadan buyon davom etayotgan urush qurbonlar, talafotlar, raketa, havo zarbalari, ayrim hududlardagi og’ir janglar bilan kuzatilmoqda.

Jang maydonida keskin burulishlar sezilmasa-da, bu urush tashqarida, geosiyosiy maydonda o’zgarishlar qilmoqda. Jumladan, urushga nisbatan betaraflik pozitsiyasida turgan Markaziy Osiyoda ham.

Sharhlovchilar O’zbekiston hukumati Rossiya-Ukraina urushining mintaqa uchun tahdidini anglay boshlagani haqida gapirmoqda. Har holda, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Senatdagi majlisda qilgan bayonoti ortidan shunday xulosa berilmoqda.

Komilovning bayonotida Rossiya Ukrainaga urush ochgani e’tirof etilmaydi. Ammo O’zbekiston Ukraina hududiy yaxlitligini tan olishi, ajralib chiqqan, ayni paytda Ukrainaga qarshi urushayotgan ayirmachi Donetsk va Lugansk viloyatlari mustaqilligini tan olmasligi aytilgan.

Ukrainadagi urushning mintaqaga tahdidi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:32 0:00

Rossiya-Ukraina urushi 23 kundirki, davom etayapti. Ukrainani qo‘llayotgan, harbiy, texnik ko’mak ko’rsatayotgan asosiy davlatlar bu AQSh va Yevropa Ittifoqi. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi urush mintaqah hududiga yoyilishidan jiddiy xavotirda. Rossiya Ukrainada to’xtatilishiga umid qilmoqda. Ammo bu urushga bevosita ishtirok etishdan AQSh ham, Yevropa Ittifoqi ham tiyilib turibdi. Qudratli harbiy blok sanalgan NATO a’zolari Rossiyani iqtisodiy sanksiyalar orqali to’xtatishga harakat qilmoqda.

Rossiya Ukrainadagi asosiy maqsadini Ukraina uchun NATO eshiklarini yopish, mamlakatni qurolsizlantirish, ukrain hukumatini millatchilardan tozalash, rus tilida so’zlashadigan aholi huquqlarini himoyalash sifatida e’lon qilgan. Urush reja asosida ketayotgani, Rossiya armiyasi o’z maqsadlarni bosqichma-bosqich amalga oshirayotgani haqida hisobot berilmoqda.

Ammo “Amerika ovozi” gaplashgan faollar Rossiyaning bu rejalari Ukraina armiyasining ayovsiz qarshiligi, og’ir harbiy talafotlar, mislsiz sanksiyalar ortidan o’zgarayotgani, Moskva murosa yo’llarini izlashga majbur qolayotgani haqida ham aytmoqda.

Urush maydonidagi so’nggi vaziyat burulishlardan darak bermayapti. Ammo tomonlar muzokarasi davom etmoqda. Ta’kidlanganidek, urushdan tashqaridagi geosiyosiy maydon o’zgarishlardan xoli emas. Urush tahdidini anglayotgan, unga qarshi munosabat bildirayotgan davlatlar ko’paymoqda. Jumladan, bu safda O’zbekiston ham ko‘rinayotgani jamoatchilikni bir qadar quvontirgani aytilmoqda.

“Amerika ovozi” Komilovning bayonoti ortidan o’zbek faollaridan biri, mustaqil jurnalist Yusuf Ro’zimurod bilan suhbatlashdi. Uning ta’kidlashicha, Toshkent urush tahdidini anglay boshlagan, hukumat Ukraina borasida xalqaro hamjamiyat bilan bir pozitsiyada turishi, Prezident Shavkat Mirziyoyev esa Vladimir Putin bilan ochiq-oydin gaplashib olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG