Breaking News

Ukraina urushi AQSh fermerlariga qanday ta'sir qiladi?


Ukraina urushining AQSh fermerlariga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

Vayoming shtatining Albin shaharchasidagi dehqonlar navbatdagi makkajo’xori hosilini bozorga olib chiqar ekan, Ukrainadagi urush tufayli qishki qizil bug’doyning narxi oshib ketdi. Chuni urushga tortilgan ikki mamlakat – Rossiya va Ukraina dunyoga eng ko’p bug’doy sotuvchi davlatlar hisoblanadi.

Vayoming Bug’doychilar assotsiyatsiyasi rahbari Kenni Tremeyn vaziyatni yaqindan kuzatmoqda.

“Ular bug’doylarini dunyo bo’ylab sotishga urinadi, xuddi boshqalar kabi. Agar bozorga bug’doy olib chiqishmasa, boshqa davlatlar ularning o’rnini to’ldirishi kerak. Muammoning bir qismi shu yerda. Ular bahorgi bug’doyni ekish arafasida turishibdi. Lekin urush davom etayotgani uchun bu narsa ortga surilyapti”, - deydi u.

Bu mavhumlik Teron Anderson kabi fermerlar uchun kelasi yil rejasini olishni qiyinlashtiradi.

“Makkajo’xori narxi tushdi. Bug’doy esa to’qqiz dollar 48 sent”, - deydi u.

Vayomingda qishki bug’doy hosiliga yana to’rt oy bor. Agar narxlar shu holatda tursa, avgustda fermerlar ko’proq bug’doy ekishi mumkin.

“Narxlar oshsa, doim shunday qilamiz. Chunki, odatda, xarajatlarimizni uchma-uch qoplaymiz. Hozir narxlar yaxshi. Lekin ular shunday qoladimi? Shunday bo’ladi, degan umiddaman, lekin ishonchim komil emas”, - deydi Anderson.

Ammo narxlar yana tezda pastlashi mumkin. Ayniqsa, Hindiston kabi davlatlartdan bug’doy eksporti hajmi oshsa.

Vayoming Bug’doy marketing komissiyasi rahbari Kiys Kennediga ko’ra, hisob-kitobni to’g’ri qilish kerak.

“Jumboqning tarkibiy qismlari ko’p. Narxlar oshibdi, demak, bug’doy ekamiz, deyish bilan ish bitmaydi. Mavhumlik davom etayotgan bir paytda yuqori narxlardan unumli foydalanib qolish uchun bahorgi hosilni yetishtirishni istasak, bunga namgarchilik yetarlimi?” – deya so’raydi u.

Bug’doy narxining o’sishi fermerlar daromadini ko’paytirgan bo’lsa-da, Ukraina urushi ortidan boshqa xarajatlar ham oshgan.

"Dunyodagi fosfat va kaliyning katta qismi Ukraina va Rossiyadan keladi. Ular kelishi to’xtaganini, shuningdek, Xitoydan eksport qilinadigan oʻgʻitlar ham cheklanganini hisobga olsak, foyda ko’rish darajamiz deyarli o’tgan yilgi holatimiz bilan bir xil bo’ladi", - deydi Kiys Kennedi.

Yoqilg’i narxlarining oshishi ham hosil o’rimi va tashish xarajatlarini ko’paytiradi. Natijada qimmat bug’doy narxlaridan foyda kam qoladi, deydi Tremeyn.

“Nima bo’lishidan, natija qanday tugashidan va u yerni kim boshqarishidan qat’i nazar, bug’doy baribir bo’ladi. Ular yana bug’doy ekishni boshlaydi”, - deydi u.

Mutaxassislarning aytishicha, AQShda bug’doy unidan qilingan non narxida uch sentdan besh sentgacha os’ish bo’lishi kutilyapti. Bug’doy o’rimi boshlanadigan iyun va iyul oylarigacha Ukrainada urush tugamasa, narxlar yanada oshishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG