Breaking News

AQShda o’lim jazosi qanday amalga oshirilmoqda?


O'lim jazosini inyeksiya yo'li bilan amalga oshirish xonasi. Texas. Arxiv.
O'lim jazosini inyeksiya yo'li bilan amalga oshirish xonasi. Texas. Arxiv.

AQShda oliy jazoga tortish hollari sezilarli darajada kamaygan. Biroq o’lim jazosini ijro etishga doir yangi jadval mazkur masalaga hukumat, ekspertlar va jamoatchilik e’tiborini jalb etmoqda.

57 yoshli afro-amerikalik Richard Mur 1999-yilda do’konni o’marar ekan, sotuvchini qatl etgani uchun oliy jazoga loyiq ko’rilgan. Jazo ijrosi 29-aprel kuni Janubiy Karolina shtatida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Janubiy Karolina so’nngi o’n yillikda o’lim jazosini ilk bor qo’llashga yaqin turibdi.

AQShda so’nggi o’lim jazolari inyeksiya yo’li bilan amalga oshirib kelinayotgan edi. Biroq dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalar lozim elementlarni yetkazib berishdan bosh tortgani oqibatida Janubiy Karolina boshqa metodlarni qo’llashga majbur qolgan.

Shunday ekan, Murga ikki taklif berilgan: Yo elektrik stulga o’tirish, yo uch kishilik qurolli guruh nishoniga aylanish. Mur ikkinchi usulni tanlagan.

Murning advokatlariga ko’ra, o’lim jazosi ijrosining har ikki usuli “shafqatsiz va g’ayrioddiy jazo”ga qo’yilgan konstitutsion taqiqqa zid. Sudya 14-aprel kuni advokatlar e’tirozini tinglashga rozi bo’lgan.

“Elektrik stul va otib o’ldirish Amerikaning barcha yurisdiksiyalarida allaqachon eskirgan, qatlning vahshiyona usulidir”, - deydi Murning advokati Lindsi Van.

Elektr stul 1985-yildan beri Janubiy Karolinada amalga oshirilgan jami 43 ta oliy jazoning yettitasida qo’llanilgan. Elektr quvvattidan so’nngi bor 2008-yilda o’lim jazosini ijro etish maqsadida foydalanilgan.

Otishga hukm qilish hollari AQSh Oliy sudi o’lim jazosini qayta tiklagan 1976-yildan buyon uch marta amalga oshirilgan. Ijroning barchasi Yuta shtatida qayd etilgan.

AQShda joriy yilda oliy jzo uch marta qo’llanildi. Bu ko’rsatkich 2021-yilda 11 ta, 2020-yilda esa 17 tani tashkil etgan.

O’tgan yil o’lim jazosiga hukm qilinganlarning bir nafari ayol bo’lgan.

Mamlakatda 1976-yildan buyon 1540 nafar jinoyatchi oliy jazoga tortilgan. Ularning 17 nafari ayollar.

Melissa Luchio 18-ayolga aylanishi kutilmoqda. Asli meksikalik Luchio 2007-yilda o’zining ikki yashar qizi Mariyani o’ldirganlikda aybdor deb topilgan. O’lim jazosi inyeksiya yo’li bilan 27-aprel kuni Texas shtatida ijro etilishi belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG