Breaking News

Bokschi ayol: Orzuga erishishning kechi yo’q


Germaniyalik bokschi Kristina Hammer va amerikalik bokschi Tori Nelson. Detroyt, 21-iyun, 2018.
Germaniyalik bokschi Kristina Hammer va amerikalik bokschi Tori Nelson. Detroyt, 21-iyun, 2018.

Amerikalik Tori Nelson professional bokschi. Besh xil vazn toifasida 13 karra jahon chempioni bo’lgan. Boks bilan shug’ullanishni 29 yoshida boshlagan. Orzuga erishishning kechi yo’q, deydi u. Uning fikricha, erkaklarning qo’lidan kelgan sport ayollarning ham qo’lidan keladi.

Ikki bolaning onasi Tori Nelson maktab avtobusi haydovchisi bo’lgan, so’ng restoranda ishlagan.

Boks bilan 29 yoshida shug’ullana boshlagan.

“Kech boshlaganman. Lekin istagan ishingiz bilan shug’ullanish uchun hech qachon kech emas”, - deydi Nelson.

“Sport zaliga bordim, shunchaki, jismoniy mashq qilish uchun, semirib ketgandim”,- deya xotirlaydi bokschi. Nelson u yerda trenerini, o’sha sport zalining egasini uchratadi. Yutuqlarida trenerinng xizmatlari katta ekanini aytadi.

“Ayolmiz, lekin erkaklar udallagan sportni biz ham uddalaymiz”,- deydi irodali ayol.

“Har kuni dilimda bir tilak bilan uyg’onardim, janglarida uning zarba yemasligini istardim”,- sportchining o’g’li.

Nelson hozir trenerlik qiladi.

“Boks men uchun hamma narsa deb ayta olmayman. Xudo men uchun hamma narsa. Lekin boksni sevaman”, - deydi Nelson.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG