Breaking News

Ukraina: Minalardan tozalash ishlari

Kiyev viloyatining qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan Brovari tumanida ekin yerlarini  mina va boshqa xavfli  jismlardan tozalash ishlari olib borilmoqda. 21-aprel, 2022.

Rossiya ishg’olidan ozod etilgan hududlarda minalardan, portlovchi jismlardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Ukraina Mudofaa vazirligiga ko’ra, mamlakatning 300 ming kvadrat kilometrga teng hududida tekshiruv ishlari o’tkazilishi lozim. Ayni paytda bu hududlarning hammasida ham tekshiruv o’tkazish imkonsiz. Tozalash ishlari asosan Rossiya qo’shinlari tashlab chiqqan Kiyev, Chernigov viloyatlarida o’tkazilyapti. Bahor kelib, qishloq xo‘jaligi mavsumining boshlanishi bu jarayonni tezlashtirishni talab etmoqda.



Ko'proq...

16x9 Image

Malik Mansur

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
 

XS
SM
MD
LG