Breaking News

Daish nazorati ostida bo'lgan Darzobda bugun hayot qanday?


Afg'oniston: Darzob o'zbeklari qanday yashamoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:38 0:00

Afg'oniston: Darzob o'zbeklari qanday yashamoqda?

Afg’onistonning Juzjon viloyati, Darzob tumani 2016-2018-yillarda Daish, ya’ni “Islomiy davlat” guruhi nazoratida bo’lgan.

O’sha yillar sobiq hukumat va toliblar bilan to’qnashgan Daish turli jinoyatlarga qo’l urgan. Darzob bu guruhning o’chog’iga aylangan edi. Guruh tarkibida bir qancha xorijiy jangarilar ham bo’lgan.

Xususan, O’zbekiston Islomiy harakatining o’nlab a’zolari Darzob tumanidagi janglarda ancha faol qatnashgan. Guruhning maxsus jallodlari ham bo’lgan.

Daish yetkazgan zarar shunchalik jiddiyki, oradan besh yil o’tib ham odamlar hanuz oyoqqa tura olgani yo’q.

Shibirg’ondan 120 kilometr narida joylashgan Darzob - 4-5 soatlik yo’l. Qatnov uchun eski “Jeep” mashinalaridan foydalaniladi.

“Daish kelishidan oldin iqtisodiy vaziyat yaxshi edi. Hozir aholining iqtisodiy ahvoli zaif”, - deydi darzoblik Toj Muhammad.

Darzob soy hudud bo’lgani uchun bu yerda tez-tez suv toshqinlari ro’y beradi. Buni to’xtatish imkoniyati mavjud emas.

Afg'oniston o'zbeklari: Temur bobomiz yurtidan yordam kutyapmiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:00 0:00

Yilning aksar oylarida ichimlik suvi yetishmaydi va uni topish mushkul.

“Yozda suv topilmaydi. Ariqlar qurib qoladi. Icharga suv topilmaydi. Bor suvni ham zo’ravon odamlar to’sib oladi”, - deydi Muhammad Ismoil ismli otaxon.

So’nggi 20 yilda mamlakatning turli hududlarida yuzlab maktablar qurilgan bo’lsa-da, Darzobda o’quvchilar hanuz ta’lim olish imkoniyatidan mahrum.

“Maktabni biz masjidlarda o’qitamiz. O’qituvchilar bir joyda to’plana olmaydi”, - deydi o’qituvchi Xudoyberdi.

Ayni holda shifokorlar va tibbiy markazlar soni juda oz.

“Bitta kasalxona mavjud, 2-3 ta doktor bor. Mutaxassis shifokor ham yo’q. Ba’zi kasallar Shibirg’onga borishga majbur bo’ladi. Ba’zi jiddiy kasallar Shibirg’on shahriga yetib borguncha jon topshiradi. Yengil bo’lsa, yetib ulguradi”, - deydi darzoblik Ne’matulloh.

Vashington choyxonasi: Afg'oniston o'zbeklari nimadan xavotirda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:49:56 0:00

Dehqonchlik va chorvachilik bilan mashg’ul xalq surunkali qurg’oqchilikdan aziyat chekmoqda. Ishsizlik va qashshoqlik keng tarqalgan.

“Yil yaxshi kelsa, dehqonlar xursand, lekin o’shanda ham ish narxi oshadi. Qurg’oqchilik sababli odamlar ekkan urug’ini to’ldira olmaydi”, - deydi Toj Muhammad.

Afg’oniston shimolidagi Darzob tumanida, asosan, o’zbeklar istiqomat qiladi. Saripul va Faryob viloyatlari bilan chegaradosh.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG