Breaking News

Isroil Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa o'rnatish umidida


AQSh rahbarining shu hafta Isroil va Saudiya Arabistoniga tashrifi ketidan Isroil qirollik bilan diplomatik aloqani o’rnatishga umid qilmoqda.

Xalqaro hayot - 12-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

"Prezident Jo Bayden Quddusdan Saudiya Arabistoniga uchib, bizdan tinchlik va umid nomasini yetkazadi. Isroil mintaqadagi barcha mamlakatlarga qo’l cho’zib, ularni biz bilan aloqa o’rnatishga chaqiradi”, - deydi Isroil Bosh vaziri Yair Lapid.

Isroillik siyosiy tahlilchilarning aytishicha, Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqalar Bayden tashrifi chog’ida o’rnatilmasa-da, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon asta-sekin shu yo’ldan ketmoqda.

“Shahzoda mamlakatni yolg’iz neft hisobiga moliyalashtira olmasligini tushunib turibdi. Shu sabab mamlakatini zamovaniylashtirmoqchi. Mintaqada bu borada eng katta muvaffaqiyatga erishgan mamlakat, tabiiy iqtisodiy hamkor bu Isroil. Eronni Suriyada ham, mintaqada ham jilovlashga qodir yagona kuch ham Isroil. Saudiyaliklar buni ko’rib turibdi va tan olyapti”, - deydi Tel-Avivdagi Bar Ilan universitetidan siyosatshunos Jonatan Raynold.

Mintaqaga safari chog’ida Prezident Bayden Isroil va Saudiya Arabistonini o’z ichiga olgan mintaqaviy mudofaa guruhining tuzilishi haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

Bunday ittifoqlarga qarshi chiqayotgan Falastin bu yangi guruhga taklif etilmaydi. Bayden G’arbiy Sohilga ham borib, Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashadi. Falastin rahbarlari Baydenning Yaqin Sharqqa tashrifi Isroil-Falastin mojarosiga yechim topishdan ko’ra Isroil bilan mintaqaviy ittifoqlarni chuqurlashtirishga ko’proq qaratilganidan norozi.

"Isroil istilosiga yakun yasamasdan arab davlatlari bilan aloqalarni normallashtirishga qaratilgan uchrashuvlar xom-xayol, sarob va Isroil uchun bepul mukofotdan boshqa narsa emas”, - deydi Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtayya.

Saylov kampaniyasi paytida Saudiya Arabistonini moxov davlatga aylantirishga so’z bergan Jo Bayden saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o’limi sabab yomonlashgan ikki davlat aloqalarini endi yaxshilashga harakat qiladi. AQSh razvedkasi xulosasiga ko’ra, Qoshiqchi 2018-yilda valiahd shahzoda Muhammad buyrug’iga ko’ra o’ldirilgan.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Rossiyaga qo’yilgan G’arb sanksiyalari sabab jahon bozorida neft qimmatlashib ketdi. Narxni tushirish uchun ishlab chiqarishni oshirish kerak. Bayden qirollikka ana shu iltimos bilan murojaat etishi kutilmoqda. Saudiya Arabistonining esa Neft ishlab chiqaruvchi davlatlar tashkiloti bo’lgan OPEKda nufuzi baland.

“Agar saudiyaliklar Baydenning tashrifini faqat neft ishlab chiqarishni oshirishga buyruq berish uchun tashkil etilayotgandek qabul qilsa, bundan bir foyda chiqmaydi, chunki gaplashiladigan boshqa mavzular ko’p. AQSh e’tiborni milliy xavfsizlikka qaratishi kerak, ya’ni Saudiya Arabistonining Eron tahdididan xavfsizligiga”, - deydi saudiyalik jurnalist Najat Alsaid.

Eron tahdidi Isroil va qirollikni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil ekan, amerikalik tahlilchilar nazarida, AQSh diplomatik vositalar orqali Yaqin Sharqda yangi aloqalarning kengayishiga turtki berishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG