Breaking News

Tramp suddan tintuv paytida olingan hujjatlar ko'rib chiqilishini to'xtatib turishni so'radi


AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning advokatlari federal sudga murojaat qilib, Federal Qidiruv Byurosi (FQB) Trampning Floridadagi uyidan tintuv orqali qo’lga kiritgan hujjatlarni ko'rib chiqishini vaqtinchalik to'xtatib turishni so’radi. Da’voga ko’ra, president imtiyozi deb ataladigan vakolat doirasidagi hujjatlarni ajratib olish uchun maxsus vakil tayinlanishi kerak.

Federal tergovchilar Trampning prezidentlik muddati tugaganidan keyin noqonuniy ravishda maxfiy hujjatlarni qo’lga kiritgan yoki kiritmagani yuzasidan tekshiruv o’tkazmoqda.

FQB shu oy boshida Tramp qarorgohidan 11 ta maxfiy materiallar toʻplamini topgan. Ular orasida o’ta maxfiy, faqat belgilangan davlat muassasalaridagina koʻrish mumkin boʻlgan hujjatlar bor. Milliy arxiv ham shu yil boshida Floridadagi Tramp uyidan prezident lavozimidan ketganida agentlikka topshirishi kerak bo'lgan bir necha quti hujjatlarni olib ketgan edi.

Trump tekshiruvni keskin tanqid qilib, 2022-yil 8-avgustda o’tkazilgan FQB qidiruvini "hayratlanarli darajada tajovuzkor harakat" deb atadi.

AQSh Adliya vazirligi FQB jinoyat sodir etilganligining taxminiy sababini ko'rsatganidan keyin federal sudya tintuv o'tkazishga ruxsat berganini e’lon qildi.

Dushanba kuni “New York Times” gazetasining xabar berishicha, hukumat Trampning mulkidan 300 dan ortiq maxfiy hujjatlarni, jumladan, Markaziy razvedka boshqarmasi, Milliy xavfsizlik agentligi va FQBga oid materiallarni topgan.

Tramp uyida nega tintuv o'tkazildi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Avgust oyidagi tintuvdan so‘ng Trampning advokatlari federal sudyadan tintuv o‘tkazishga asos bol’gan sabablar haqidagi FQB bayonotini oshkor qilishni so‘radi.

Adliya vazirligi bu harakatga qarshi chiqib, u davom etayotgan jinoiy tergovga xavf tug'dirishini aytdi. Sudya dushanba kuni bu xavotirlarda asos borligini e’tirof etdi, ammo tintuvga undagan hujjat to’liq maxfiy bo’lmasligini ta’kidladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG