Breaking News

AQSh: Ukraina masalasida Isroilga bosim o'tkazmaymiz


Xalqaro hayot - 2022-yil, 27-oktabr
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:20 0:00

Xalqaro hayot - 2022-yil, 27-oktabr

AQSh Prezidenti Jo Bayden va Isroil Prezidenti Isxak Gertsog Oq uyda uchrashib, turli xil xavfsizlik muammolari, jumladan, Eron tahdidi haqida gaplashdi.

"Men o'z faoliyatim davomida buni 5000 martalab aytaman. Qo'shma Shtatlarning Isroilga metindek mustahkam do’stligi prinsiplarimiz, g'oyalarimiz va qadriyatlarimiz asosiga qurilgan”, - dedi Bayden.

Gertsogning aytishicha, Eron tahdidi faqat Isroil bilan chegaralanmagan.

"Eron yadroviy qurol yaratishga yaqin va Rossiyani Ukraianada begunoh odamlar o'limiga sabab bo’layotgan qurollar bilan ta'minlamoqda", - dedi u.

Ukraina va G‘arb rasmiylariga ko’ra, Rossiya Ukraina bo‘ylab Eron hujumchi dronlari bilan zarbalar bermoqda. Kiyev Isroildan bu zarbalarga qarshi turishi mumkin bo'lgan “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimlarini taqdim etishni so'ragan, ammo Isroil rad etgan.

Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar boʻyicha maslahatchisi Jon Kirbiga ko’ra, Bayden Isroil pozitsiyasini oʻzgartirish uchun Gertsogga bosim oʻtkazmayapti.

“Bugun ular Ukraina haqida gaplashishdi, albatta. Biz butun dunyo mamlakatlari bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun nima qilishimiz mumkinligi va nimalarga tayyor ekanimiz haqida gaplashmoqdamiz, ammo bu ularning qarori bo‘lishi kerak”, - dedi Kirbi.

Isroil Rossiya bosqinini qoraladi, ammo hozirgacha Ukrainaga ko‘rsatayotgan ko’magi faqat insonparvarlik yordami bilan cheklangan.

Suriyada Rossiya harbiylari mavjudligi sababli Isroil Eronning Suriyadagi raketa bazalarini nishonga olishda bunday amaliyotlarni Moskva bilan muvofiqlashtirishi kerak.

"Ular o'z chegaralarini “Hizbulloh” va boshqa guruhlar qo'lidagi qurollardan himoya qilishda davom etish uchun Moskvani g’azablantirmasdan ish tutishga harakat qilmoqda", - deydi ekspert Jonatan Lord.

Bayden, shuningdek, AQSh vositachiligida Isroil va Livan o'rtasida erishilgan dengiz chegarasiga oid kelishuvni olqishladi.

“Agar ular bu kelishuvga erishmaganlarida, Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasida urush boshlanishi mumkin edi. “Hizbulloh”da hozir mavjud qurollarni hisobga olsak, bu Isroilda juda ko'p tinch aholi o'limiga sabab bo'lar edi. Isroil qarshi hujumi oqibatida Livanda ham ko'p sonli tinch aholining o'limiga olib kelishi aniq edi”, - deydi yana bir tahlilchi Jonatan Raynxold.

Eron tahdidiga qarshi turish uchun Bayden va Gertsog, shuningdek, Isroil va Fors ko'rfazidagi qo'shnilari o'rtasida integratsiyalashgan mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratish rejalarini muhokama qildi.

Kiyev raketa zarbalari ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG