Breaking News

AQShda nega kemalar ataylab cho’ktiriladi?


Amerikaning sharqiy sohillarida “Atlantika qabristoni” degan manzil bor. Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy kemalar cho’kib ketgan joylar. Mutaxassislar ular dengiz ekotizimiga, mahalliy iqtisodiyotga foyda ekanini aytadi.

Ikkinchi jahon urushi paytida cho'kib ketgan kemalar hozirda sun'iy riflarga aylangan. Kemalar atrofida akulalar ko’p.

“Shimoliy Karolina qirg‘oqlaridagi suvlarda halokatga uchragan kemalar atrofida nega akula va boshqa dengiz hayvonlari ko’pligini bilmaymiz. Bilganimiz shuki, ular baland qoyalarga kelishadi, muntazam va to’da bo’lib", - deydi olima.

Kaliforniyalik g'avvos Xal Vells 14 yildan beri bu yerga keladi. Uning aytishicha, akula ishqibozlari uchun bu yer ayni manzil.

“Kema atrofida yo’lbars akulani ko’rsangiz, bilingki, u boshqa akulalar bilan juftlashish uchun yoki ozuqa izlab kelgan. Bu kemalar ularga bekinish uchun joy, chunki boshqa baliqlar kabi yem bo’lishi mumkin. Bu yerda katta kulrang akulalar ham bor. Ular mana shu kemalarda bekingan yo’lbars akulalarni ovlashadi”, – deydi tajribali g’avvos.

Halokat maydonlari sayyohlik maskaniga aylangan. G’avvos, baliqchi, sayyohlar keladi. Shimoliy Karolina turizmi uchun daromad manbai. Shu bilan birga, mutaxassislarga ko’ra, dengiz ekotizimiga foyda. Ba’zi kemalar yo’q bo’lib borayotgani uchun mahalliy tashkilotlar ataylab yangilarini cho'ktirishadi.

Sharqiy Karolina Sun'iy riflar uyushmasi raisi Debbi Boysning aytishicha, xayriya qilingan qayiqlar cho’ktiriladi. Lekin ularni tozalash ko’p mablag’ talab etadi.

“Kimningdir qayig‘i tasodifan cho‘kib ketsa, hech kim parvo qilmaydi, toza bo’lmasa ham. Ammo ataylab cho’ktirmoqchi bo'lsangiz, millionlab dollar sarflashga to’g’ri keladi”, - deydi Boys.

Unga ko'ra, ular cho'ktirgan har bir kema 100 yilgacha xizmat qilishi kutilmoqda. Hech qanday texnik xizmat talab etilmaydi. Dengiz ekotizimiga, shu bilan birga mahalliy iqtisodiyotga foyda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG