Breaking News

Ukraina urushi fonida Shimoliy Koreya muammosiga e'tibor pasaymoqda


Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un va qizi mamlakat harbiylari bilan. 27-noyabr, 2022.
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un va qizi mamlakat harbiylari bilan. 27-noyabr, 2022.

2022-yilda Shimoliy Koreya oldingi yillarga qaraganda eng ko’p raketa uchirdi. Biroq dunyo diqqati Ukrainada ekan, Pxenyan raketa dasturining faollashganiga yetarlicha e’tibor berilmadi.

Xalqaro hayot - 15-dekabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:06 0:00

Google qidiruv tizimida Shimoliy Koreya 2022-yilda hech kimni qiziqtirmagan ko’rinadi. Bu oldingi yillardan ancha farq qiladi. Masalan, 2013-yilda bitta raketaning uchirilishi ketidan Shimoliy Koreya haqida xabar tarqatuvchi “NK News” veb-sahifasiga salkam yarim million odam kirgan.

“Bu yili 23 ta raketa sinalganiga qaramay, sahifamizga bir necha ming odam kirdi xolos. Shimoliy Koreya yirik raketa sinovlari o’tkazayotganiga qaramay, oldingiday e’tibor uyg’otmayapti va bu normal holatga aylanmoqda”, - deydi sahifa asoschisi Chad Okerol.

Shimoliy Koreya diplomatik e’tibordan ham bebahra qoldi. AQSh va uning ittifoqchilari sinovlarni qoralab tursa-da, Pxenyan bilan muzokara olib borish zarurati haqida og’iz ochilmayapti.

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreyani BMT Xavfsizlik Kengashida himoya qilib kelmoqda.

Seuldagi Xankuk universiteti dotsenti Meyson Richining aytishicha, xalqaro e’tiborning yo’qligi Kim Chen Unga yaxshiroq qurollar yaratishga imkon beryapti.

“Nazarimda, Shimoliy Koreya yadro qurollarini yaratish normal holat deb qabul qilishlarini xohlayapti, unga Pokiston, Hindiston yoki Isroildek muomala qilishlarini istayapti, o’zini yadro quroliga ega, biroq Yadro qurollarini tarqatmaslik haqidagi bitimni imzolamagan mas’uliyatli davlat qilib ko’rsatmoqchi”, - deydi olim.

Kim Chen Un AQSh bilan muzokaralarni davom ettirish niyatidan qaytmagan bo’lsa-da, hozircha yadro qurollaridan voz kechmoqchi emas. Sentabr oyida mamlakatda uni yadroviy davlat deb e’lon qiluvchi qonun qabul qilindi.

“Ularning maqsadi shuki, agar yadroviy muzokaralarga ko’nsa, qanday cheklovlarga yuz tutishini bilmoqchi – sifat va miqdoriy cheklovga yoki har ikkisiga? Shunda ular buning evaziga sanksiyalarni bekor qilish kabi yuqori narx belgilashi mumkin. Shu sabab, Vashington diplomatiyaga katta urg’u berayotganini ko’rganimiz yo’q”, - deydi siyosatshunos Richi.

Qo’shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Shimoliy Koreya bilan muzokara boshlashdan oldin undan yadro dasturidan voz kechishni talab qilishda davom etarkan, Pxenyan 2023-yilda kattaroq va qudratliroq qurollarini sinashda davom etishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG