Breaking News

AQSh bosh diplomati Isroil va Falastin rahbarlari bilan uchrashdi


AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Falastin Prezidenti Mahmud Abbos huzurida. Ramalloh, 31-yanvar, 2023.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Falastin Prezidenti Mahmud Abbos huzurida. Ramalloh, 31-yanvar, 2023.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bugun Ramalloh shahrida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Tomonlar mintaqada avj olgan keskin vaziyatni yumshatish mavzusini muhokama qildi.

AQSh bosh diplomati Falastinga va’da qilingan 890 million dollarlik ko’makdan tashqari iqtisodiy dastak sifatida navbatdagi ikki yil davomida 50 million dollar ajratilishini ma’lum qildi. Shuningdek, G’arbiy sohilda yuqori tezlikka ega 4G aloqa tizimi joriy qilinishini bildirdi.

Xalqaro hayot - 31-yanvar, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:26 0:00

Falastin hududlari bo’ylab nazorat ikkiga bo’lingan: Nizolarni diplomatik yo’l bilan hal etish istagidagi Mahmud Abbos va Isroilni jang bilan yakson qilish istagidagi Hamas guruhi pozitsiyalarida muvofiqlik yo’q.

Isroil kuchlari yanvar oyida G’arbiy sohilda o’tkazgan reydlar chog’ida 30 nafardan ziyod falastinlik o’ldirilgan. Falastinlik shaxs o’tgan hafta Quddusda yetti kishini otib tashlagan. Blinken shu mavzularga to’xtalar ekan, tomonlarni davomli o’ch olishdan ko’ra to’qnashuvlardan tiyilish va vaziyatni murosa yo’li bilan hal etishga chaqirdi.

AQSh bosh diplomatining ta’kidlashicha, Bayden ma’muriyati Falastin bilan aloqalarni yangilash va mustahkamlash ustida ishlamoqda. Vashington mintaqadagi nizolarga Falastinni alohida mustaqil davlatga aylantirish yo’li bilan barham berish bo’yicha muzokaralarni davom ettirish ahdida qat’iy.

Biroq Isroil vazirlar mahkamasida Falastin davlatchiligiga qarshi kayfiyat kuchaygan, G’arbiy sohil okkupatsiyasi davom etayotgan bir sahroitda har ikki tomon manfaatlariga uyg’un yechim topilishi mushkulligicha qolmoqda.

Ekspertlarga ko’ra, ayni damda asosiy e’tiborini Ukrainada kechayotgan urushga qaratayotgan Bayden ma’muriyatining Yaqin Sharq muammolariga e’tibori susaygan. O’n yil avval to’xtab qolgan Tinchlik muzokaralarini yo’lga qo’yish masalasida konkret takliflarni ishlab chiqmagan.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan. Quddus, 30-yanvar, 2023.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan. Quddus, 30-yanvar, 2023.

AQSh davlat kotibi bir kun avval Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashgan edi.

“Tinch aholi o’limidan tashvishdamiz. Tomonlarni keskin vaziyatni yumshatishga chaqiramiz”, - dedi diplomat uchrashuv chog'ida.

Isroil-Falastin ixtilofi yana avj olmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Avvaliga Misrga muzokaralar o’tkazgan Blinkenni Isroilda Bosh vazir Bemyamin Netanyahu qabul qilar ekan, Eronning yadroviy ambitsiyalarini tanqid ostiga oldi.

“Bizning, va mening siyosatim Eronning yadro quroliga hamda uni tarqatish vositalariga ega bo’lishiga yo’l qo’ymaslik. Bu siyosat o’zgarishsiz qoladi. Ushbu mushtarak maqsad yo’lida Isroil AQSh bilan hamkorlik qiladi”, - dedi Netanyahu.

Blinken Tehron Ukraina urushida Rossiyani dastaklayotganiga alohida to’xtaldi.

“Bu rejim yetkazib bergan dronlar bilan Rossiya Ukrainaning begunoh fuqarolarini qatl qilmoqda”, - dedi diplomat.

G’arbiy sohilga kelishidan avval, Blinken Isoril va arab mamlakatlari aloqalarini yaxshilash hamda Isroil va Falastinni ikki alohida suveren davlatga aylantirish nizolarga barham berishi haqida gapirdi.

“Falastin va Isroil teng erkinlik, xavfsizlik, imkoniyat, adolat va qadr-qimmatga ega bo’lishi maqsadimiz erishish ucnun o’ta muhim”, - dedi u.

Netanyahu muzokaralar eshigi ochiq ekani ta’kidladi.

“Isroil-Falastin konfliktlariga nuqta qo’yish uchun tinchlik sarhadlarini kengaytirish falastinlik qo’shnilarimiz bilan samarali yechim topishga asos bo’lishiga ishonaman”, - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG