Breaking News

AQShdan siyosiy boshpana so'ragan rossiyaliklar soni oshmoqda


AQShdan boshpana izlayotgan rossiyaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Urushga qarshiligi bois Kreml tazyiqidan qochib Amerikaga kelgan rossiyaliklar siyosiy boshpana so’rab murojaat qilmoqda. Ularning ko’pi mamlakatga Meksika orqali kirmoqda.

Urush boshlanishi ortidan Rossiyani uch farzandi bilan tark etgan Tatyana AQShga kelgandan beri Kremlga qarshi va Ukrainani qo’llab-quvvatlovchi namoyishlarda faol.

Tatyana navbatdagi tadbirga ikki qizini ham olib keldi. O’rtancha farzandi Anya Rossiyaning Ukrainaga qilgan ishidan taassufda ekanini izhor qiluvchi maktub bitgan.

“Davlatimda yuz bergan ish tufayli, u Ukrainani bosib olgani uchun hozir Nyu-Yorkda yashayapman. O’z vatanimdan uyalaman”, - deyiladi Anya yozgan xatda.

Tatyananing Nyu-Yorkka kelganiga bir oydan oshdi. U hech qachon AQShga kelishni, ayniqsa, bunday sharoitda orzu qilmaganini aytadi.

“AQShga kelishni xohlamaganman. Vatanim u yoqda tursin, shahrimni tark etish ham rejada bo’lmagan. Lekin majbur bo’ldim”, - deya ko’ziga yosh oladi u.

Tatyana Sankt-Peterburgni tark etib, Meksika chegarasi orqali AQShga kirdi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li yaqinda 19 yoshga to‘lib, harbiy xizmat uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ketish uni harbiy xizmatdan qutqarishning bir yo’li bo’ldi. Tatyananing eri esa Rossiyada qoldi.

Oq uy urushga e'tiroz bildirganlar boshpana olish huquqiga ega ekanini e'lon qilgandan so'ng, rossiyaliklarning AQShga kelish sur'ati ikki baravar oshdi. Tatyananing aytishicha, Rossiyada hayot tobora qiyinlashmoqda.

“Biz urushga qarshi norozilik namoyishiga chiqqanimizda, vaziyat juda qo'rqinchli edi. Politsiya hammani olib ketyapti. Men yig'ladim, qichqirdim, lekin politsiyachilar dugonam bilan meni politsiya mashinasiga olib ketdi. Omadim bor ekan, maxsus xizmatda ishlagan tanishim ko’rib qolib, bizni ozod qildi. Bu yerdan tez chiqib ket, deb baqirdi! Keyinchalik shunday qilgani uchun uni ishdan bo'shatishdi", - deya eslaydi Tatyana.

Tatyananing bolalari ikki haftadan beri Nyu-Yorkdagi maktabga qatnamoqda. Sinfda faqat ular rus tilida gaplashadi, shunga qaramay, hech qanday qarshilik va qo’pollikka duch kelgani yo’q.

Ozodlik: O'zbekistonga ko'chgan rossiyaliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:33:07 0:00

Bolalar maktabda ekan, Tatyana ingliz tilini o'rganmoqda. U haydovchilik guvohnomasi va ishlash uchun ruxsat olishni rejalayapti. O'z biznesini ochish umidi ham bor. U, shuningdek, rasmiy qochqin maqomini olish niyatida. Shu orqali u qonuniy maqomga ega bo’lishi mumkin, lekin eri bilan qayta qo'shilishi uchun hali ko’p yillar kerak bo'ladi.

Qiyinchiliklarga qaramay, Tatyana AQShda o'zini erkin va yaxshi his qilayotganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG