Breaking News

Ukrainaning Pravdino qishlog’i: Dahshatli kunlarni boshdan kechirdik


Urushning bir yilligi: Xersondagi Pravdino qishlog’i
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

O’tgan bir yilda Rossiya Ukrainaning shahar-qishlarini egallab oldi, bosib olgan hududlarining bir qismini boy berishga ham ulgurdi.

Xerson viloyatidagi Pravdino qishlog’i o’tgan yili Rossiya kuchlari nazoratida edi. Ukraina armiyasi uni o’rab olib, bu yerda shiddatli janglar kechgan.

“Front chizig’i shu yerdan o’tgan, rus askarlari ko’chalarda turishardi”, - deydi bu qishloqda yashovchi Viktor Sasunovich.

Hududning katta qismi vayron bo’lgan yoki minalashtirilgan. Viloyat hozir Ukraina nazoratida.

Qishloqning turli burchaklarida rus askarlari o’rnatgan manekenlarni ko’rish mumkin. Raqibni aldash yoki soxta harbiy texnika bilan uning qarorlariga ta’sir qilish usulidan har ikki tomon foydalanmoqda.

Xerson shahridan tashqaridada joylashgan aeroport har ikki tomonning hujumiga uchrayverib, butunlay vayron bo’lgan. Hech bir tomon undan raqib foydalanishini istamaydi.

Ko’chalardagi bilbordlarda Xerson “Qahramonlar shahri”, “siz ozodsiz” degan yozuvlarni ko’rish mumkin.

Xerson haligacha bombardimon qilinsa-da, omon qolgan binolar ham ko’p. Mahalliy aholining aytishicha, ko’pchilik shaharni tark etgan. Ba’zilar Rossiya nazorati paytida, boshqalar esa Ukraina kuchlari qaytganidan keyin.

Rossiya qo’shinlari bu yerdan atigi bir necha kilometr uzoqlikda. Shaharda yashayotganlar boradigan joyimiz yo’q, deydi. Ayrimlar yanada xavfliroq hududlardan ko’chib kelgan.

“Uyimga atigi bir marta borganman. Keyin ko’prik portlatilib, yo’l yopildi”, - deydi Olga Ignatenko.

Ignatenkoning qishlog’ida uyini tashlab ketganlar ko’p.

“Dahshatli kunlarni boshdan kechirdik. Uyim derazalarini ko’p marta tuzatdim, keyin butun uy qulab tushdi. Rossiya tanklari qishloqqa kirayotgani esimda. Eng qo’rqinchli kun o’sha edi”, - deydi Viktor Sasunovich.

Qishloqda yakson bo’lgan tanklarning qoldiqlari qolgan xolos. Pravdino qishlog’ida qolganlar deydiki, urush ertaga tugagan taqdirda ham bu vayronagarchilikdan tiklanish uchun ancha vaqt va mablag’ kerak bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG