Breaking News

Furqat Sidiqov - O'zbekistonning AQShga navbatdagi elchisi


Furqat Sidiqov 2015-2020 yillarda O'zbekistonning Pokistondagi elchisi bo'lgan
Furqat Sidiqov 2015-2020 yillarda O'zbekistonning Pokistondagi elchisi bo'lgan

O'zbekiston Senati Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidiqovni davlatning AQSh va Kanadadagi elchisi lavozimiga tasdiqladi.

Sidiqov uchun bu ikkinchi elchilik bo'ladi. 2015-2020 yillarda u O'zbekistonning Pokistondagi bosh diplomati bo'lgan.

51 yoshli rasmiy Islomoboddan qaytgach vazir muovini, 2022-yilning noyabridan beri esa birinchi o'rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Vashingtondagi hozirgi elchi Javlon Vahobov Toshkentda Sidiqovning o'rnini egallashi kutilmoqda, ammo hali bu borada rasman ma'lumot yo'q. Vahobov 2017-yildan buyon Shimoliy Amerika va O'zbekiston orasidagi aloqalarni tebratib kelayapti.

1-mart kuni Toshkentda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokalarda ham Sidiqov ishtirok etib, Vashingtondan kelgan mehmonlarga bo'lajak elchi sifatida tanishtirilgan.
1-mart kuni Toshkentda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokalarda ham Sidiqov ishtirok etib, Vashingtondan kelgan mehmonlarga bo'lajak elchi sifatida tanishtirilgan.

Sidiqov uchun Vashington begona muhit emas. U ikki bor AQSh poytaxtida diplomatlik qilgan. 2002-2007 yillarda va 2011-2015 yillarda; ikkinchi bor kelganida xususan elchi o'rinbosari bo'lgan.

Sidiqov hozirgi Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, 1993-yilda.

1995-yildan boshlab u davlat ishiga o'tgan va dastlab O'zbekiston hukumatining asosiy tadqiqot markazi - Strategik va regional izlanishlar institutida tadqiqotchi bo'lib faoliyat yuritgan.

O'zbekiston-AQSH muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
O'zbekiston-AQSH muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023

Sidiqov so'nggi oylarda Toshkentda aynan G'arb bilan aloqalarga mas'ul diplomat bo'lib, o'tgan yilning oxirida Vashingtonga tashrif buyurgan edi. U va hozirda prezident maslahatchisi, sobiq adliya vaziri Ruslanbek Davletov o'shanda AQShda siyosiy va nohukumat doiralar bilan diniy huquqlar masalasini muhokama qilgan.

Pokistondagi elchilikdan keyin Sidiqovga O'zbekistonning islom dunyosi bilan munosabatlarini kuchaytirish vazifasi ham yuklangan.

1-mart kuni Toshkentda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Sidiqov Vashingtondan kelgan mehmonlarga bo'lajak elchi sifatida tanishtirilgan.

O'zbekiston-AQSH muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
O'zbekiston-AQSH muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG