Breaking News

"Islohotlarga qayting" - "Paxta kampaniyasi" O'zbekistonga


"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonga real fuqaro jamiyati kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:03 0:00

"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonga real fuqaro jamiyati kerak

O'zbekiston hukumati oldida ikki yo'l bor, deydi Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi" yetakchisi. "Biri - repressiv tuzum bo'lish. Ikkinchisi - ochilaverish va yosh mamlakatga farovon yurtga aylanish uchun imkoniyatlarni berish".

2007-yildan beri O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashib, o'tgan yili Mirziyoyev ma'muriyatining islohotlar va'dasiga ishonib, mamlakat paxtasiga nisbatan global boykotni to'xtatgan global koalitsiya, "Paxta kampaniyasi" hukumatni dadilroq qadamlar tashlashga chaqirmoqda.

Mazkur hafta Vashingtonda AQSh Milliy demokratiya fondi qoshida o'tgan maslahatlashuvda bu harakat o'z azolari, mutaxassislar, rasmiylar va diplomatlar bilan vaziyatni muhokama qildi.

15 yillik kurashdagi yutuqlar, ayniqsa O'zbekistonda erishilgan muvaffaqiyat, ya'ni bugunga kelib, hukumat odamlarni zo'rlab paxtaga olib chiqmayotgani, qishloq xo'jaligidagi islohotlar, mehnat sharoitini yaxshilash yo'lida qabul qilingan qarorlar va qonunlar, 2017-yildan boshlab respublikaning dunyoga ochila boshlagani, xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik kengaygani salmoqli progress deya baholanadi.

"Paxta kampaniyasi" asoschilaridan biri Bennett Friman deydiki, Mirziyoyev ma'muriyatida mamlakat uchun qanday o'zgarishlar va islohotlar zarurligini biladigan mutaxassislar anchagina, jumladan vazirlar va ularning muovinlari. Biroq uning tahlilicha, oxirgi bir yilda, boykot bekor qilinganidan buyon hukumat kutilganidek harakat qilmayapti.

"Bilamizki, O'zbekistonni boshqarayotgan odamlar davlat global iqtisodiyot bilan uyg'unlashishini, uning muhim qismiga aylanishini istaydi",- deydi Friman, "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan.

"Xalqaro mehnat me'yorlarini hurmat qilish, inson huquqlari normalariga amal qilish - birlamchi vazifalar. Ularni e'zozlaymiz, deb so'zdagina qutulib keta olmaysiz. Xorijdan bizneslar sizga sarmoya qilishi, sizga ishonishi uchun hali ko'p ishlashingiz kerak",- deydi u, O'zbekiston hukumatiga qarata.

"Paxta kampaniyasi" Vazirlar mahkamasi, Investitsiyalar va tashi savdo vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi va Bandlik va mehnat masalalari vazirligi bilan ishlagan. O'tgan bir yil ichida bu organlarda rahbarlar yangilangan, ayrimlari shaklan o'zgargan.

"Paxta kampaniyasi" Senat raisi Tanzila Narbaeva va hozirda Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov bilan yaqindan muloqotda bo'lgan.

Frimanning o'zi bir paytlar AQSh Davlat departamentida xizmat qilgan, davlat kotibi muovini bo'lgan va aynan inson huquqlari masalalari bilan shug'ullangan. Belgilagan siyosatni ijro etish oson emasligini tushunadi va shu bilan birga, har qanday progress ortida kuchli iroda va ishtiyoq turishini ham biladi.

Cotton Campaign urges Uzbekistan to get back to reforms
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:50 0:00

Frimanning aytishicha, "Paxta kampaniyasi" O'zbekistonda islohotlar samara berishiga ishonadi, chunki bunga guvoh bo'lgan. Ammo, bu - tinimsiz mehnat va kuchli siyosiy iroda talab qiladigan jarayon, deya eslatadi u.

Respublika kattalar va bolalarning majburiy mehnatiga qarshi kurashda namuna sifatida tilga olina boshlagan, ammo bu nufuzdan ayrilish oson, agar shu kungacha erishilgan progressni saqlay olmasa, erkinlik va adolat mezonlariga bosh egilmasa.

O'zbekiston mehnat huquqlari va umuman inson huquqlari borasida jiddiyq qadamlar tashlab, real ahvolni yaxshilamas ekan, deydi Friman, orzular qog'ozda qolaveradi, rejalar va yo'l xaritalari safsata.

Xalqaro mehnat tashkiloti me'yorlari bo'yicha harakat qilish kerak, bu borada yordamga tayyor tomonlar, xususan nohukumat tashkilotlar va faollar uchun muhitni osonlashtirish lozim.

"O'zbekiston hukumati islohotlarga qaytib, o'zi uchun yaratgan tarixiy imkoniyatni boy bermasin, deymiz. Mamlakat bo'ylab majburiy mehnatga qarshi kurash tinmasin, muammolarga e'tibor berilsin", - deya undaydi Friman.

Bu hafta O'zbekistonning AQShdagi yangi elchisi Furqat Sidiqov bilan suhbatlashgan "Paxta kampaniyasi" vakillari, qiyinchiliklarga qaramasdan, umidga to'la ekanini aytadi. Sidiqov ularga Mirziyoyev ma'muriyati majburiy mehnatga tamoman barham berishga bel bog'laganini va say-harakatlar to'xtamaganini aytgan.

O'zbekiston hukumati oldida ikki yo'l bor, deydi Friman.

"Biri - repressiv tuzum bo'lish. Ikkinchisi - ochilaverish va yosh mamlakatga farovon yurtga aylanish uchun imkoniyatlarni berish".

Sarmoya va ish o'rinlari kerakmi? Friman fikricha, Toshkent qay yo'l maqul ekanini allaqachon bilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG