Breaking News

Jahon bankidan O'zbekistonga 296 mln dollar qarz


Vashingtonda bu hafta Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasining bahorgi yig'ilishlari o'tmoqda
Vashingtonda bu hafta Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasining bahorgi yig'ilishlari o'tmoqda

O'zbekiston hukumati va Jahon banki orasida imzolangan to'rt qarz bitimiga asosan mamlakat 296 million dollar miqdorida qarz oladi. Bu borada respublika Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ma'lum qildi.

Ijtimoiy obyektlarda energiya samaradorligini oshirish uchun 143 million dollar, barqaror o‘rmonchilik va o‘rmon landshaftlarini tiklash loyihasi uchun 142 million dollar beriladi.

Qo'chqorovga ko'ra, ikkinchi loyihada tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalashtirish uchun 8 million va 3 million dollarlik grantlar beriladi.

"Ushbu bitimlar yurtimizda yashil energiyadan keng foydalanish hamda ekologik toza muhitga erishishga xizmat qiladi”, - deya tvit qildi Qo‘chqorov.

Shu oy boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzolangan edi.

Bu qarzlanring muddati 30 yil - 5 yillik imtiyoz davri bor.

Mablag' maktabgacha, maktab va sog‘liqni saqlash sektorida 800 dan ortiq inshootni modernizatsiya qilish uchun ishlatilishi ko'zlangan.

Loyihalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: issiqlik izolyatsiya materiallari, quvurlar, eshik va oyna romlari, qurilish mollari va uskunalarni, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, isitish tizimi, isitish qozonlarini xarid qilish, qurilish-montaj ishlari hamda energiya audit xizmatlari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuvda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi ham muhokama qilingan.

Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Adiz Boboyev Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Robert Vrobel boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi ofisi rahbari Zafar Urakov hamda Loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatini va texnik ko‘mak loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ul xodimi Nam Aleksandra ishtirok etdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko'ra, Jahon banki quvvatlovchi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilmoqda.

Kelasi yil oxirigacha 5 ta viloyatning 21 ta tumanlaridagi 306 ta mahallada bazaviy infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlari yangilanadi, deyiladi rasmiy ma'lumotlarda. 1,3 millionga yaqin aholining turmush darajasi yaxshilanishi zarur. Buning uchun 183,6 million dollar ajatilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG